Qanday qilib keraksiz narsalarni sotib olishni to’xtatish mumkin
O’zingizga yoqqan narsani sotib olib, undan foydalanmaslik sizga tanish holatmi? O’ylamay qilingan xarajatlar juda ko’p pulni talab qiladi va bugun biz Havas chegirmachilar tarmog’i bilan ularni qanday qilib oldini olish kerakligi haqida aytib o’tamiz.
Ko’pincha do’konga faqat non uchun boramiz va to’la sumkalar bilan qaytib kelamiz. Biz sotib olgan narsalarning aksariyatiga muhtoj emasmiz, shunchaki ular yorqin yorlig’i, «Aksiya» yoki «Yangi» deb yozib qo’yilgan so’zlari bilan e’tiborimizni tortdi holos . Va shundan keyin ma’lum bo’lishicha, muzlatgichdagi masalliqlar yaroqsiz bo’lib qoladi, chunki biz ularni yeyishga vaqtimiz yo’q, dush uchun mo’ljallangan gellar va shampunlar hammomdagi javonda taxlanib yotadi, keraksiz gadjetlar oshxona shkaflaridan joy egallaydi. Mutaxassislar o’ylamay qilingan xaridlarga haqiqatdan ham juda katta pul sarflanishini hisoblab chiqdilar: masalan, Rossiyada ular ish haqining 50 foizigacha, AQShda esa oyiga 1000 dollargacha sarflashlari mumkin.
Agar siz ushbu pullarni moliyaviy xavfsizlik yostiqchasi yoki «orzuingiz» uchun asrab qo’ysangiz, bu pul sizga yaxshiroq xizmat qiladi. Buni qanday qilish va o’ylamay qilingan sarf-harajatlardan qanday qutulish mumkin? Barcha muvaffaqiyatli odamlar amal qiladigan maslahatlarga amal qiling.
Byudjetingizni rejalashtiring
Sizga oila byudjeti ustidan nazoratni ushlab turish nega juda muhimligini aytib o’tgan edik va buni qanday boshlash haqida maslahatlar berdik. Agar siz ilgari sarf-xarajatlarni nazorat qilishga urinib ko’rmagan bo’lsangiz, uni sinab ko’ring! Dastlab oson tuyulmagan ushbu mashg’ulot, so’ngra sizga qiziqarli bo’lib tuyula boshlaydi.
Naqd pul to’lang
Plastik kartalari hamma joyda mavjud bo’la boshlagan bir paytda, sizga bu g’alati maslahat bo’lib tuyulishi mumkin. Biroq, bu juda foydali psixologik maslahat: siz kartada pulni ko’rmaysiz va miya uni doimo «mavjud bo’ladigan ko’rinmaydigan virtual pul» deb qabul qiladi. Naqd pul bilan to’lashda, balki, sotib olayotgan narsangiz sizga kerakmi yoki yo’qmi deb o’ylab ko’rarsiz.
Ro’yxat bilan do’konga boring
Eng muhimi, unga rioya qilish! Agar sizga non, sut va tuxum kerak bo’lsa, unda «ta’tib ko’rish uchun» kolbasa sotib olishingiz kerak emas. Agar siz telefon sotib olmoqchi bo’lsangiz, bir vaqtning o’zida unda chegirma mavjudligi uchun fen sotib olmasligingiz kerak.
O’zingizga vaqt bering
Agar siz hali ham fen sotib olishni chindan ham xohlasangiz – bu chegirmali bo’ladimi yoki shunchaki o’ziga xos va yoqimli rangga egami muhim emas – o’zingizga o’ylab ko’rish uchun bir hafta vaqt bering. Ehtimol, ertasi kuni bu haqida unutasiz. Agar shunday bo’lsa, unda bu sizga umuman kerak emas.
Uyingizni tozalang
Narsalarni qismlarga ajrating, gadjetlar va jihozlarni qayta ko’rib chiqing va oshxona javonlari va muzlatgichdagi hamma narsani olib tashlang. Ehtimol, siz uzoq vaqt unutgan va sotib olishni rejalashtirgan narsalarni topasiz. Yoki narsalarning yarmini tashlab yuborish kerak bo’lishi mumkin. Uyni tozalang, uni havo bilan to’ldiring va axlatni tashlang – shunda ko’p narsalarni sotib olmaslikka intilish osonroq bo’ladi. Shuningdek, siz javonlaringizda chang yig’ib yotgan va siz tashab yuborayotgan narsalarning narxini hisoblashingiz mumkin. Ishoning, umumiy miqdori sizni ajablantiradi.
Sizga nima kerakligini aniqlang
Yogurt tayyorlagich, albatta, non tayyorlagich kabi foydali gadjetdir. Ammo sizda yogurt tayyorlashingiz mumkin bo’lgan multivarka bo’lsa, sizga yogurt tayyorlagichning keragi yo’q. Agar siz kamdan-kam hollarda non pishiradigan bo’lsangiz, unda non pishirgich ham javonda chang yig’ib yotadi. Agar siz sport uslubini yaxshi ko’rsangiz, unda qayiqcha shaklidagi poshnali tuflilarning sizga keragi bo’lmasligi ehtimoldan yiroq emas. Eslab ko’ringchi: so’nggi bir yilda siz ulardan necha marotaba foydalandingiz?
Sizda mavjud bo’lgan gadjetlar, maishiy texnika va kiyimlarni tekshiring, so’ngra do’konlarda o’zingizga eslating. Hatto ro’yxat ham tuzishingiz mumkin: «Menga makaron yoyadigan moslamaning keragi yo’q!» Kabi eslatmalar birinchi navbatda sizga yordam beradi.
O’zingizni tushuning
Dastlab sizga do’stlaringiz, turmush o’rtog’ingiz yoki hatto bolalar yordami kerak bo’lishi mumkin. Eng asosiysi, sizning e’tiboringizni tez-tez nima jalb qilishini tushunishdir. Marketologlar sizni sotib olish uchun ko’pincha fokuslardan foydalanadilar: yorqin ranglar, ayniqsa qizil va to’q sariq; mahsulotning ko’z darajasida joylashishi – eng qimmat narsalar odatda u yerda yashiringan; hid. Iltimos, diqqat qiling – ehtimol siz ko’pincha lavanda yoki yangi pishirilgan mahsulotlar hidi bo’lgan joylardan sotib olasizmi? Siz qizil buyumga nazar tashlaysizmi va u sizning savatingizga qanday tushib qolganini o’zingiz sezmay qolasizmi? Yaqinlaringiz siz uchgan nayranglarni bilib berishda yordam berishadi.
O’zingizga savollar bering
Menga chindan ham bu narsa kerakmi? Men uni necha marta ishlataman? Bu o’z samarasini beradimi? Agar uni sotib olmasam nima bo’ladi? Bu narsa qayerda joylashgan bo’ladi? Nega men uni haqiqatan ham sotib olmoqchiman?
Impulsiv sotib olish turli sabablarga ko’ra sodir bo’lishi mumkin. Ammo ularni boshqarish uchun sizning kuchingiz bor: asosiysi, shunday qaror qabul qilish va iroda kuchini ko’rsatishdir. Sizga faqat kerakli va sifatli xaridlarni tilaymiz!
Maqolani tayyorlashda yordam bergani uchun biz Havas diskaunter-tarmog’iga minnatdorchilik bildiramiz.
Telegram: t.me/havasuz
Facebook: fb.com/havasuz
Instagram: @havasuz
Reklama huquqi asosida