Guruchdan sizga albatta yoqadigan 8 xil taomlar ro’yxati
Agar u to’g’ri tayyorlansa, hattoki oddiy guruch ham juda mazali bo’ladi.
Bizning ro’yxatimizdan guruchdan barchaga xush keladigan 8 xil taomlar retseptini topasiz.
Xitoycha qovurilgan guruch va tovuqli taom
Sharqona usulda qovurilgan guruch va tovuqli taom dunyo bo’yicha ko’plab xitoycha restoranlarda tortiladi. Bunday taom xuddi biz xohlagandek – mazali, tez va juda oson tayyorlaniladi!
Guruchli mini kurniklar
Uyda tayyorlanilgan, smetanada qorilib pishgan kurniklar juda mazali va albatta to’yimli bo’lib pishadi!
Turkcha usulda pishirilgan makaronli guruch
Bunday yegulikni go’shtli taomlar, kotletlar yoki shunchaki qaylaning o’zi bilan ham birga tortish mumkin.
Guruchli puding
Guruchdan tayyorlaniladigan juda mayin puding siz va oila a’zolaringiz uchun yangi bir nonusha bo’lsa ajab emas. Ayniqsa, guruchli bo’tqa yeyishni xohlamaydigan bolajonlar uchun ayni muddao!
«Dangasa» tovuq oyoqchalari
Bu taomni bekorga «dangasa» deb atamaydilar, chunki kerakli masalliqlarni pishiriq idishiga solasiz bo’ldi. Taomning o’zi maromiga yetib pishadi.
Quritilgan mevalar va olma bilan pishirilgan guruchli bo’tqa
Guruchli bo’tqa nafaqat to’yimli va foydali, balki mazali ham bo’lishi mumkin. Ushbu taom nonushta uchun ajoyib variant: tez, mazali va butun kun uchun energiya bilan ta’minlaydi.
Sabzavotlar bilan tovada pishirilgan guruch
Sizlarga sabzavotlar qo’shib pishiriladigan guruchli taomning retseptini taklif qilamiz.
Pomidor va feta pishlog’i bilan pishirilgan guruch
Bunday yegulik issiqligida ham, sovigandan so’ng ham birdek lazzatlidir, shu sabab ham uni bemalol oldindan tayyorlab qo’yishingiz mumkin.