Bo’yalgan rang-barang tuxumlar
Barchamiz yoshligimizdan bunday rang-barang tuxumlarni odatda xristian diniga mansub qo’shnilarimiz olib chiqishganda ko’rganmiz va tuxumlar qanday bo’yalishiga qiziqqanimiz aniq.
Bugun mana shunday qiziqarli tuxumlarni qanday bo’yashni oson yo’llarini ko’rsatamiz. Siz bunday tuxumlarni bolalaringizga bo’yab berishingiz mumkin. Bunday tuxumlar nonushtada albatta yeyilmay qolmaydi.
Tabiiy bo’yoqlar
Bu yil urufda bo’lgan ko’k rangni olish uchun biz qizil karam yordamida tuxumlarni bo’yab qo’yamiz.
- 700 g qizil karam
- 2,5 litr suv
- 3 osh qoshiq. sirka 9%
- 6 ta qattiq qaynatilgan tuxum
1. Karamni mayda bo’laklarga kesib oling, kastrulyaga soling va suv quying.
2. Qaynating, o’rtacha olovda 10-15 daqiqa davomida pishiring. O’chiring va sirka qo’shing.
3. Karamni siqib oling, faqat suyuqlikni qoldiring va ichiga qattiq qaynatilgan tuxum qo’ying. Ularni kerakli rang hosil bo’lishiga qarab, suvda 1-2 soat davomida qoldiring.
Tuxumni bo’yashning eng mashhur usuli – piyoz qobig’i. Ammo bu usulda ham siz har bir tuxumni san’at asariga aylantirishingiz mumkin.
- 200 g yoki undan ko’p piyoz qobig’i
- 10 ta xom tuxum
- 2-3 litr suv
- turli xil barglar va gullar
- doka, kapron, iplar
1. Tuxumlarni yaxshilab yuving va arting. Suv bilan ozgina namlang, har bir tuxumga o’simlik, barg yoki gul novdasini bog’lang.
2. Har bir tuxumni doka yoki kapron bo’lagi bilan o’rab, ip bilan bog’lang. Idishga yuvilgan piyoz qobig’i, tuxum qo’ying, suv quying. So’ngra qaynab chiqqanidan so’ng 20 daqiqa past olovda pishiring.
4. Keyin olib, to’liq sovishini kuting, shundan keyingina tuxumni olib, ustidan matoni oling va quruq sochiq bilan arting.
Sun’iy oziq-ovqat bo’yog’i
Oddiy qog’oz sochiq yordamida rang berishning qiziqarli usuli. Har safar, tuxumdagi naqsh yangi va o’ziga xos bo’ladi, siz o’zingiz ranglarning ketma-ketligini aniqlay olasiz.
- bir necha rangdagi tuxum uchun bo’yoqlar
- sirka 9%
- 10 ta qattiq qaynatilgan tuxum
- qog’oz sochiq
- kichik bo’yoq idishlari
- paxtali tayoqchalar
- bir marta ishlatiladigan qo’lqoplar
1.Qadoqd ko’rsatilganidek, turli xil idishlarda bo’yoqlarning bir nechta rangini suyultiring. Sirka qo’shing.
2. Tuxumni qog’oz sochiq bilan o’rab oling, sochiqdan yumshoq burmalar hosil qilib qilishingiz mumkin.
3. Qo’lqop kiying va paxtali tayoqchalar yordamida har xil ranglardan tuxumga nuqtachalar qo’yib chiqing. Qanday ranglarni tanlash sizning fantaziyangizga bog’liq. Bo’yoqlar sochiqda bir-biri bilan birlashadi.
4. Tuxumni qog’oz sochiqda qoldirib, 5-7 daqiqa quriting, so’ngra sochiqni olib tashlang.
Bundan tashqari, tuxumga yana bir boshqa qiyin bo’lmagan va tezkor usuldan foydalanib, qiziqarli va noyob marmar naqshini berishingiz mumkin.
- tuxum uchun bo’yoq
- sirka 9%
- 8 ta qattiq qaynatilgan tuxum
- o’simlik moyi
- qog’oz sochiq
1. Bo’yoqlarni qadoqda ko’rsatilganidek suyultiring. Sirka qo’shing.
2. Suyultirilgan bo’yoqni keng idishga quying.
3. Unga 1-2 choy qoshiq yog’ qo’shing va yaxshilab aralashtiring.
4. Tuxumni bo’yoqqa soling, ichida ozgina dumalating , so’ngra olib, qog’oz sochiq bilan yaxshilab arting. Naqsh tayyor.