Uni isitmang: mikroto’lqinli pechda portlaydigan mahsulotlar
Mikroto’lqinli pech har bir uy bekasi uchun vaqt va asabni tejashga yordam beradigan asosiy yordamchidir. Ammo, agar siz uni noto’g’ri ishlatsangiz, uni uzoq vaqt yuvishingiz yoki butunlay tashlab yuborishingiz kerak bo’ladi.
Bunday xatolarni oldini olish uchun ba’zi qoidalarni yodda tuting: oziq-ovqat mahsulotlarini plastik idishlarda qizdirish mumkin emas va ba’zi mahsulotlar va idishlar elektromagnit to’lqinlari ta’sirida tom ma’noda portlaydi.
Tuxum
Mikroto’lqinli nurlanish ta’sirida tuxum shu qadar tez isiydiki, qobiq ostida hosil bo’ladigan bosim chiqish energiyasni izlaydi. Natijada portlash hosil bo’ladi. Xuddi shu narsa tuxum qovurish jarayoniga ham tegishli – mikroto’lqinli pechda tuxum sarig’i portlaydi.
Qanday isitish kerak: Buning uchun xom tuxumni qopqoqli idishga qo’yib, keyin mikroto’lqinli pechga qo’yishingiz mumkin. 15 daqiqada tuxum tayyor bo’ladi.
Guruch
Ko’pchiligingiz, ehtimol palovni qizdirayotganda, mikroto’lqinli pechda guruch «otishini» kuzatgan bo’lishingiz mumkin.
Qanday isitish kerak: O’zingizni tozalash bilan qiynamslik uchun, guruchni suvli hammomda yoki gaz pechida isiting.
Muzlatilgan rezavor mevalar
Agar rezavor mevalar mikroto’lqinli pechda isitilsa, kichik portlash natijasida ularning sharbati hamma yoqqa otiladi. Ayniqsa uzum portlashga moyil rezavor meva hisoblanadi.
Qanday isitish kerak: Agar, masalan, pirog yoki tvorogli shirinlik uchun rezavor mevalarni eritish kerak bo’lsa, rezavor mevalar solingan idishni teshiklari bo’lgan maxsus qopqoq bilan yoping.
Pomidorlar
Elektromagnit nurlanish ta’sirida sabzavotlar portlashi mumkin.
Qanday isitish kerak: Mikroto’lqinli pechda pomidor, xom kartoshka yoki baqlajonni pishirishdan oldin, siz po’stini vilka bilan teshib, usti mahkam yopiladigan idishga solib qo’yishingiz kerak.
Chili qalampiri
Agar mikroto’lqinli pechda chili qalampiri bor taomni isitayotgan bo’lsangiz, unda qalampir o’zidan noxush bug’ chiqarib, mayda bo’lakchalarga bo’linib, portlash hosil qiladi.
Sut va sut mahsulotlari
Bu yerda hamma narsa oddiy – qizdirilganda kefir, pishirilgan sut yoki qatiq tvorog va zardobga aylanadi.
Tabiiy qobiqqa o’ralgan mahsulotlar
Masalan, kolbasa. Tabiiy qobiq, agar u juda qizdirilsa, yorilib ketadi va bosim ichkaridan kelganligi sababli, go’sht mahsuloti portlaydi.
Qanday qilib isitiladi: bunday mahsulotlarni yopiladigan shisha yoki plastik idishlarda isitish kerak. Yoki bo’lmasa eng to’g’risi ularni suvda qaynatish yoki qovurish kerak.
Go’sht
Boshqa ingredientlar bilan to’ldirilgan go’sht mahsulotlari ko’pincha «portlovchi» hisoblanadi. Go’sht yoki yog’li go’sht mahsulotlari ham harorat ko’tarilganda yog’ «otib», yonishi mumkin.
Qanday isitish kerak: Bunga yo’l qo’ymaslik uchun qopqoqli idishdan foydalaning. Ammo esdan chiqarmang: idish taomdan kattaroq hajmda bo’lishi kerak, aks holda qopqoq ishadi yoki otilib ketadi.
Baliq
Baliq va boshqa dengiz mahsulotlari- harorat ko’tarilganda portlashi mumkin.
Qanday qilib isitiladi: ularni yopiq qopqog’i bo’lgan issiqqa chidamli shishadan yoki keramikadan yasalgan idishlarda isiting. Shunda, idish mayda bo’laklarga uchib ketmaydi va siz pechni yuvishingiz shart emas.
Qo’ziqorin
Aslida, qo’ziqorinlarni isitish mumkin emas. Va qovurilgan qo’ziqorinlarni mikroto’lqinli pechga yuborishga hojat yo’q: haroratning keskin ko’tarilishi bilan ular otib, portlashi mumkin.
Qanday isitish kerak: ularni gaz pechida ozgina qizdiring.
Qaylali taomlar
Agar siz spagettiga ko’p qayla quyib isitishga qo’ysangiz, garnir va qaylaning harorati har xil bo’ladi va shu farq tufayli yaxshi isitilgan garnir qochishga harakat qiladi va portlashni keltirib chiqaradi.
Qanday qilib isitiladi: Qaylani alohida isiting, masalan, suv hammomida. Yoki taomni keramik idishga soling, ozgina suv qo’shing, bug’lanish uchun teshiklari bo’lgan maxsus qopqoq bilan yoping.
Va shu bilan bizning mikroto’lqinli pechda portlaydigan mahsulotlarimiz ro’yxati tugadi. Mikroto’lqinli pechingizni portlashdan himoya qila olsak, biz juda xursand bo’lamiz. Bundan ham qiziqarli yangiliklar va maslahatlarni kuting. Biz bilan doimo aloqada bo’ling!