Uyni to’g’ri tozalashni o’rganamiz
Uy tozalashni tezroq amalga oshirish maqsadida biz o’zimizga yomon odatlar ortirib olishimiz mumkinligi haqida o’ylab ko’rganmisiz? Bu odatlarni hayotimizga ta’sirinichi? O’zingizni tekshiring: uyni tozalashda ushbu xatolardan birigi yo’l qo’ymaysizmi?
1.Tozalash vaqtida gubkalar va chang artish uchun mo’ljallangan supurgilardan foydalanasizmi?
Idishlarni yuvish uchun eng to’g’ri tanlov bu gubkalar (biroq, ularni vaqtida o’zgartirishni unutmang, ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin), lekin unutmang, gubkalar mebel va texnika uchun mos kelmaydi. Chunki gubkalar bakteriyalarni juda tez o’ziga singdirib olishadi. Chang artish uchun mo’ljallangan supurgilar esa xonanani changitib yuboradi. Ular bilan javon va tokchalarni changdan halos qilashingiz mumkin, ammo havoni ifloslantirganingiz qoladi.
2.Oshxona idishlarini gazdan olgandan so’ng sovutmasdan yuvasizmi?
Barcha tova va kostryulkalar ham keskin harorat o’zgarishiga dosh bera olmaydi. Misol uchun, maxsus tagi olmaydigan idishlar bunga toqat qila olmaydi, issiqlikka chidamli idishlar esa bunday sinovlarga duchor bo’lmasa sizga uzoqroq xizmat qiladi.
3.Derazalarni quyoshli havoda yuvasizmi?
Ajablanarlisi shundaki, derazalarni shamolsiz, ammo bulutli kunda yuvish maqsadga muvofiq. Quyoshli kunda oyna juda tez quriydi va bu uni xiralashib qolishiga olib keladi.
4.Siz tozalashni pol artishdan boshlaysizmi?
To’g’ri tozalashning oltin qoidasi: yuqoridan pastga harakat qilish. Tozalashni derazalardan va mebeldan boshlang polni esa eng oxirida tozalang. Shunda ishingiz osonlashadi.
5.Tozalash vositalaridan juda ko’p miqdorda foydalanasizmi?
Tozalash vositalaridan ko’p foydalanish yaxshi narsalarga olib kelmaydi. Birinchidan bu cho’ntakka zarar, ikkinchidan esa samarasiz hamdir. Tozalash vositalari qanchalik ko’p bo’lsa, ularni yuvib tashlash ham shuncha murakkablashadi. Har doim qadoqda ko’rsatilgan qoidalarga rioya qiling va agar ularni ichida o’lchash uchun mo’ljallanjan idishchalar bo’lsa, ulardan albatta foydalaning.
6.Tozalash uchun aksessuarlarni tozalamaysizmi?
Chang lattalar, gubkalar, supurgi, changyutgich, kir yuvish mashinasi– ularning barchasi millionlab bakteriyalarni o’ziga to’playdi va ularning ko’pchiligi immunitet darajasi past insonlar va bolalar uchun xavfli bo’lishi mumkin. Har bir tozalashdan keyin aksessuarlarni toza yuvish va dezinfektsiya qilish, changyutgich qopchalarini o’zgartirish, kir yuvish mashinasini shamollatish, kerak.
7 Tozalashni uzoq vaqtga kechiktirasizmi?
Eng yomon odat, uyni qalin chang qatlami qoplanmaguncha va ifloslanmaguncha tozalamaslik. Agar har kuni ozginadan ish qilsangiz, tozalash falokat kabi ko’rinmaydi va uyda har doim tozalik hukm suradi.