Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: «Tibi Pralines» shokoladli konfetlari
Mana kuz ham kirib keldi, demak, dasturxon atrofida o’tirib, issiq choy bilan mazali shirinliklardan iste’mol qilish davri ham boshlandi. Shu sabab ham bizlar yaqindagina savdo shaxobchalarida Roshendan taqdim etilgan yangi shokoladli konfetlarni uchratdik va xarid qildik.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Bizlar konfetlarning uchu xilidan xarid qildik:
- maydalangan funduk-kremli va sutli kremli;
- qulupnay-sutli va rezavor meva- sutli asosli;
- olcha-shokoladli va karamelli asosli.
O’zining ajoyib ko’rinishi bilan bizlarni qiziqtirgan bu mahsulotlarni o’rgandik va iste’mol qildik. Va albatta taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz.
Qadog’i
Mahsulot to’rtburchak shakldagi, och ko’k rangli karton o’ramlarda qadoqlanilgan bo’lib, ustida esa shokoladli konfetlar ichki ko’rinishi bilan aks ettirilgan.
Ichidan har xil shakl va ta’mli 15 dona shokoladli konfetlar o’rin egallagan. Konfetlar beshtadan, 3 qator bo’lib tizilgan.
Mahsulotning og’irligi taxminan 120 gramm.
Qadoqlarining dizayni juda yoqimli va ixchamligi sabab ham, u-bu kimga sovg’a qilishga qo’l keladi.
Ta’mi
Maydalangan funduk va yong’oq-kremli va sutli kremli konfetlar qutisida ikki xil asosli bo’lib, usti shokolad bilan qoplangan.
Shokolad yoqimli ta’mda bo’lib, og’izda darrov erib ketadi. Sutli krem bilan to’ldirilgan konfetlar juda ham mazali ta’mda bo’lib, xususan, bizlarga manzur keldi.
Qulupnay-sutli va rezavor mevali konfetlar ham shokoladli glazur bilan qoplangan bo’lib, ichi esa ikki xil asoslardan iborat. Sutli asosli konfetlar nafis ta’mda bo’lib, ularda rezavor mevalarning ta’mi sezilib turadi.
Olcha-shokoladli va karamelli asosli konfetlar juda shirin bo’lib, shirinlikni xush ko’ruvchilarga juda yoqadi.
Tarkibi
Umuman olganda, uchala mahsulotning ham tarkibi deyarli bir xil bo’lib, ular: shakar, kakao moyi, quruq sut, qirilgan kakao, vanilin, emulgatorlar, palma yog’i, shakar, glyukoza-fruktozali qiyom, quyuq shinni, quruq qaymoq, aromatizatorlardan iborat.
Qo’shimcha sifatida esa ularga qovurilgan funduk, quyultirilgan sut, osh tuzi, olcha, qulupnay va chernika sharbatlari solingan.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 520/570 kKal bo’lib, 4,5-5,5 grammini oqsillar, 30-38 grammini yog’lar, 51-57 grammini esa uglevodlar tashkil etadi.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin
Roshendan taqdim etilgan “Tibi Pralines” nomli shokoladli konfetlarini bizlar Makro tarmog’idagi supermarketlardan 18 790 so’mdan xarid qildik.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
1 Sharhlar Hide Comments
Izohingizni yozib qoldiring
Izoh qoldirish uchun tizimga kirishingiz kerak.
mazaliiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiii