Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: «Bonfesto»dan ikki qavatli rikotta pishlog’i
O’tgan maqolamizda sizlarga Belorussiyada ishlab chiqarilgan «Bonfesto» mevali to’ldirgichli rikottalar haqida ma’lumot berib o’tgan edik. Bugun esa ana shu ishlab chiqaruvchilarning ikki qavatli rikotta pishloqlari haqida gapirib bermoqchimiz.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Ko’pincha nonushta qilib olishga yetarlicha bo’sh vaqt topa olmaymiz. Shunday holatlarda esa oziqlantiruvchi rikotta pishlog’i ayni muddao. Buning uchun pishloqni ochamiz va ikki qavatini aralashtirib olamiz, qarabsizki, nonushta tayyor.
Bunday mahsulotning 4 xil ta’mlisi taqdim etilgan: olcha-shokolad, strachatella, kivi va qulupnay. Ularning ikki xilidan ta’tib ko’rdi va taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz.
Bunday pishloq quyidagi jihatlari bilan bizlarga yoqdi:
- qulay qadog’i
- boshqa shirinliklarga qaraganda kaloriyasi past
- yoqimli ta’mi
- tezda iste’mol qilinishi
Qadog’i
Rikotta pishloqg’i plastik stakanchalarda bo’lib, ustidan folga qog’oz bilan yopilgan. Pishloqdagi shirin ta’mli to’ldirgichi eng ostida joylashgan. Tarkibi oddiy va tushunarli.
Mahsulotning og’irligi 125 gramm.
Ta’mi
Aralashtirilgandan so’ng ta’mi siroklarga o’xshab ketadi. Bizlar olcha-shokoladli va strachatellali pishloqlarni ta’tib ko’rdik.
Strachatella – bu klassik ta’mli italyancha muzqaymoq bo’lib, sut, qaymoq va shokolad bo’lakchalaridan tarkib topgan. Bunday rikotta o’z nomini oqlagan deb bemalol ayta olamiz, chunki mahsulot tubida shokolad bo’lakchalari mavjud bo’lib, muzdekligida iste’mol qilinganda xuddi muzqaymoqqa o’xshab ketadi.
«Olcha-shokolad»li rikottadan olcha bo’lakchalarini uchratmadik. Ammo shunga qaramay, uning ham ta’mi bizlarga manzur keldi.
Tarkibi
Rikottaning tarkibi: zardob, pasterizatsiya qilingan qaymoq, limon kislotasi, «Olcha-shokolad» to’ldirgichi (shakar, suv, muzlatilgan olcha, kakao kukuni, stablizator, bo’yoqlar –antosian; kalsiy laktat, natriy xlorid, shokolad, limon kislotasi.
Аntosian – Е163 ozuqaviy qo’shimcha bo’lib, ozuqaviy bo’yoq hisoblanadi. Uni qora sabzi, uzum, qizil karam va qorag’atdan olishadi.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 174 kKal bo’lib, 6,8 grammini oqsillar, 10,6 grammini yog’lar, 13,6 grammini esa uglevodlar tashkil etadi.
Saqlash muddati: 3 kun
Qadog’i ochilganidan so’ng sovutgichda +2 dan +6 gacha saqlash kerak.
Qayerdan xarid qilish mumkin
Bunday rikottalarni Makro supermarketidan 7 890 so’mga xarid qilish mumkin.
Bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan doimo xabardor bo’ling, buning uchun bizning telegram kanalga a’zo bo’ling!