Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: pitsaga mo’ljallangan kashar pishlog’i
Кashar – bu turkcha qattiq poshloq bo’lib, pishiriqlar va pitsaga mo’ljallangan. Turkiya ishlab chiqaruvchisi Melekdan sotuvga qo’yilgan bu yangi mahsulotdan xarid qildik.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Тurkiyada qattiq pishloq «kashar» deb nomlanadi. Bolgariya va Serbiyada uni kashkaval deb atashadi. Bu teshikchalarsiz pishloq kamida 6 oyda tayyor bo’ladi.
Bizlar pishloqli pishiriqlar va pitsani juda yoqtirishimiz sabab ham undan xarid qildik. Narxi ham bizga yoqdi. Endi biz qo’rqmasdan bu pishloqni pitsa shinavandalariga tavsiya qila olamiz: u haqiqatdan ham shuning uchun yaratilgandek go’yo.
Qadog’i
Pishloq vakkumli plastik qadog’da bo’lib, ochilgandan so’ng boshqa bir yelim xaltaga solish, agarda undan hali yaqin orada foydalanmoqchi bo’lmasangiz, inda sovutgichda saqlash mumkin.
Mahsulot og’irligi 400 gramm.
Ta’mi
Кashar – qattiq va tuz solingan pishloq bo’lib, unchalik sho’r emas. Uni o’zini, non bilan, ayniqsa pishiriqlarga solish mumkin. Undan yoqimli sit hidi kelib turadi.
Pishloq neytral ta’mda bo’lib, yaxshi eriydi va issiq ovqatlar tayyorlashda ham foydalansa arziydi.
Tarkibi
Pasterizatsiya qilingan sut, pishloq axhitqisi, tuz, kalsiy xlorid, stablizator (kaliy sorbat).
Yog’liligi – 25%.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin
Kashar pishlog’ini bizlar Makro supermarketidan 29 990 so’mga 400 grammini xarid qildik.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.