Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: «Ne moloko» suli yormasidan olingan sut
Noodatiy ta’mdagi ichimliklarni xush ko’ruvchilarga bugun Rossiyada ishlab chiqarilgan Ne moloko suli solib tayyorlangan ichimliklar haqida ma’lumot beramiz.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Ne moloko qiziqarli nomli bu ichimlik – aslida ham sut emas. Bu sulili ichimlik bo’lib, sigir sutidan ichish mumkin bo’lmaganlarga tavsiya etiladi.
«Ne moloko» ichimliklarining sotuvda quyidagi turlari mavjud: klassik, yog’sizlantirilgan, shokoladli va vanilli. Bizlar ta’tib ko’rish uchun shokoladli va klassik turdagisidan xarid qildik.
Qadog’i
Ichimlik «Tetra Pak» karton qog’ozlariga solingan. Sotuvda ularninng ikki xil hajmlisi: 1 litrli va 250 millilitrlisi qo’yilgan. Agarda siz ulardan hali ichib ko’rmagan bo’lsangiz, unda yaxshisi kichkina qadoqlilaridan oling, shunda yoqmay qolsa ham tashlab yuborish uncha alam qilmaydi.
Uning qadog’ida barcha kerakli ma’lumotlar berilgan: tarkibi, ozuqaviy qiymati, saqlash muddati, qanday ishlatish.
Mahsulotning hajmi – 250 millilitr.
Ta’mi
Klassik suli suti
Aynan shu ichimlik ikki xil fikrni paydo qiladi: uning ta’mi o’ziga xos bo’lib, xom suli yormasini eslatadi. Tashqi ko’rinishi va rangi xuddi sigir sutidek, ammo shirin ta’mda. Ishlatishdan oldin yaxshilab aralashtirib olish kerak.
Shokoladli suli suti
Birinchi sut yoqmaganlarga bu shokoladlisi yoqishi aniq. Kakao suli yormasi ta’mini bartaraf qilib, yoqimli ta’m kasb etishiga sababchi bo’ladi. Uncha shirin bo’lmagan, tetiklashtiruvchi ichimlik kattalar-u bolalarga birdek yoqadi bizningcha.
Tarkibi
Klassik suli suti
Suv, suli yormasi uni, o’simlik yog’i(rapsovoe), kalsiy fosfat, vitamin В2, tuz.
100 millilitr sutning taxminiy energetik qiymati: 45 kKal bo’lib, 1 gramm oqsillar, 1.5 gramm yog’lar, 6.5 grammini esa uglevodlar tashkil etadi.
Shokoladli suli suti
Suv, suli yormasi uni, овсяная мука, рапсовое масло, сахар, какао-порошок, карбонат кальция, фосфат кальция, витамин В2, соль.
100 millilitr sutning taxminiy energetik qiymati: 70 kKal bo’lib, 1 gramm oqsillar, 3.2 gramm yog’lar, 9.5 grammini esa uglevodlar tashkil etadi.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin
Ne moloko sutlarini bizlar Makro supermarketidan 11 490 so’mga xarid qildik.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.