Meva va rezavor mevalar solingan «Asalari» tog’ asali
«Asalari» – bu foydali rezavor mevalar solingan tog’ asali bo’lib, abadiy yoshlikni saqlab qoluvchi vosita deya hisoblashadi.
Qorag’at solingan tog’ asali – haqiqiy vitaminlar manbaidir. Uni avitaminozda, oshqozon va ichak yaralari kasalliklarini davolashda ajoyib vosita sifatida e’tirof etishadi. Bunday asal quvvatni oshirib, tomirlarni kengaytiradi, qon aylanishini yaxshilaydi, shuningdek u vitaminbop, shamollashga qarshi, ishtahaochar, o’t haydovchi vosita sanalib, tomoq og’rig’i va anginada juda samarali yordam beradi.
Dietologlar anemiyani oldini olish, ko’z va oshqozon-ichak kasalliklarida, yurak-tomir tizimi, tromboflebit va ateroskleroz kasalliklarida har kuni foydali xususiyatlarga boy turshak solingan asaldan iste’mol qilishni tavsiya qiladilar.
Turshak solingan asaldan muntazam iste’mol qilish garmonlar muvozanatini normallashtirib, yomon xolesterinni chiqarib tashlaydi, infarkt va insult oldini oladi, shuningdek diabetga chalingan bemorlarni umumiy ahvolini tiklab, bo’qoq bezi va buyraklar faoliyatiga ham yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Shu bilan birga aniqlanilishicha, turshakdagi ba’zi bir moddalar saraton hujayralarini ham nobud qilishga qodir ekan.
Limon qo’shilgan tabiiy tog’ asali esa suyak sinishlari bitishini tezlashtirib, oshqozon yarasida, difterit, ich ketishi, qorin sanchishi, kamqonlik, qon bosimining oshishi, ich terlama va angina kasalliklarida ham juda foydali hisoblanadi. Insonlarning jigari va o’t pufagini qum, toshlar va shlaklardan tozalashda katta rol o’ynaydi.
Shuningdek limonli asal saratonga qarshi vosita, tomirlarni mustahkamlovchi, viruslarga qarshi kurashuvchi yaxshi vosita hamdir.
Yong’oq qo’shilgan asal esa quvvatlantiruvchi, xotira susayishiga qarshi va qon to’xtatuvchi, gijjalarga qarshi vosita bo’lib, yaralarning bitishini ham tezlashtiradi. U kasalliklardan va operatsiyadan so’ng organizmni qayta tiklab olishda katta ta’sir ko’rsatadi.
Yong’oqli asal tarkibida rekord miqdorda E guruh vitaminini saqlaydi. Yuqori qon bosimi, ateroskleroz va yurak ishemiyasi va diabetdan aziyat chekuvchilarga juda katta foyda keltiradi.
«Asalari» nomli tog’ asallarini Korzinka.uz va Green Apple supermarketlaridan 17 500 so’mga xarid qilish mumkin.
*Reklama huquqi asosida
Yangidan yangi maʼlumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.