Peshtaxtalarida qiziqarli mahsulotlar: Limonli asal
«Shifobaxsh» nomli ishlab chiqaruvchilar tomonidan savdoga qoʻyilgan yangi – limon solingan asal bugungi maqolamizning qahramoniga aylandi. Taʼtib koʻrish uchun xarid qildik va taassurotlarimiz bilan oʻrtoqlashamiz.
Taassurotlarimiz bilan boʻlishamiz
Asal – sovuq qish faslida isteʼmol qilish kerak boʻlgan muhim mahsulotlardan biri boʻlib, viruslar va mikroblarga qarshi kurashib, shamollashda juda foydali hisoblanadi. Agarda asalga limon solinsa, u ikki hissa foydaliroq boʻladi.
Qadogʻi
Asal shisha bankachaga solingan boʻlib, burama qopqoq bilan yopilgan. Yorligʼida u toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot koʻrsatib oʻtilgan: tayyorlangan sanasi, saqlash muddati, ozuqaviy qiymato va GOST raqami. Qadogʻida bir martalik ishlatiladigan plastmassa qoshiqchasi mavjud.
Mahsulotning ogʻirligi 500 gramm.
Taʼmi
Mahsulotni qopqogʻini ochganimizdayoq uning ajoyib ifori taralib ketdi. Asal suyuq, limonning qirilgan poʻstlari koʻrinib turadi.
Asal noodatiy taʼmda: asosan shirinva biroz nordongina taʼmda boʻlib, juda yorqin rangda. Asalni qoshiqda yeb yutib boʻlmaydi, undagi limon boʻlakchalarini chaynash kerak boʻladi.
Biz bu asalning ustida bir tajriba oʻtkazdik: unga yoddan tomizdik va u koʻkarib qolmadi, bu unga quyuqlashtirgichlar qoʻshilmaganligidan dalolat beradi.
Tarkibi
Tarkibi juda qisqa: tabiiy asal va limon.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 3 200 kKal boʻlib, 8 % oqsillar, 28 % yogʻlar, 45 % ni uglevodlar tashkil qiladi.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin
Limonli asalni bizlar Korzinka.uz supermarketidan 1 bankasini 21 990 soʻmga xarid qildik.
Yangidan yangi maʼlumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.