Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: «Svalya» dan Maasdam pishlog’i
Yaqindagina bizlar savdo peshtaxtalarida yangi mahsulot – «Svalya»dan ishlab chiqarilgan Maasdam pishlogʻiga koʻzimiz tushdi va darrov xarid qilishga shoshildik. Hozir esa taassurotlarimiz bilan oʻrtoqlashamiz.
Taassurotlarimiz bilan boʻlishamiz
Maasdam pishlogʻi Gollandiyada juda mashhur boʻlib, uni asosan shirin-yongʻoqli taʼmdaligi uchun sevib isteʼmol qilishadi. Undagi teshikchalarining kattaligi 1 dan 5 sm gacha ekan.
Litvada ishlab chiqarilgan bu pishloq koʻrinishi va taʼmi jihatidan ham ishtahaochar boʻlib, yuqori sifatli mahsulot ekanligi bilinib turadi. Masalan maasdam pishlogʻini xush koʻruvchilar uni yuqori baholashdi, uning shirin taʼmda ekanligi esa baʼzi bir xodimlarimizga uncha yoqmadi.
Qadogʻi
Pishloq maxsus atmosferaga ega, ochib-yopiladigan oʻramda qadoqlanilgan boʻlib, uni aynan shu qadogʻida saqlash tavsiya etiladi. Pishloqni koʻp saqlamasdan, 3 kun ichida isteʼmol qilish tavsiya qilinadi.
Mahsulotning ogʻirligi 300 grammni tashkil etadi.
Ta’mi
Agarda siz shirin ta’mli pishloqlarni sevib iste’mol qilsangiz, unda maasdam pishlog’i ham sizga juda yoqadi. U shirin-yongʻoqli taʼmda boʻlib, silliq koʻrinishga ega. Bu pishloq yumshoq boʻlib, buterbrodlar, har xil issiq taomlarga solishda ham qoʻl keladi. Ayniqsa bu pishloq boʻlagi bir finjon qahva bilan isteʼmol qilinganda kayfiyatni koʻtarib yuboradi.
Bizlar pishloqning tashqi belgilari va taʼmidan kelib chiqib, tabiiy mahsulot degan fikrga keldik.
Tarkibi
Pasterizatsiya qilingan sut, tuz, zichlagich: kalsiy xlorid, mezofilya va termofilya achitqi bakteriyalari.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 329 kKal bo’lib, 26.7 grammini oqsillar, 24.7 grammini yog’lar, uglevodlar esa 0 gr mi tashkil etadi.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin
«Svalya»dan ishlab chiqarilgan Maasdam pishlog’i o’ramini Korzinka.uz supermarketidan 35 990 so’mga xarid qildik.
Yangidan yangi maʼlumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.