Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: «Danissimo: Shake&Go» koktellari
Savdo peshtaxtalarida bizlar Danonedan ishlab chiqarilgan «Danissimo: Shake&Go» koktellariga ko’zimiz tushdi va undan xarid qildik. Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Bizlar ta’tib ko’rish uchun 3 xil kokteldan xarid qildik: kapuchino, kakos va shokoladli, shuningdek qulupnayli mizqaymoqlisidan. Yorqin rangli stakanchalar diqqatimizni o’ziga jamlagan bo’lsa, undagi ichishga mo’ljallangan naycha esa undan xarid qilishimizga undadi. Odatiy yogurtga yangicha yondashuv bizni quvontirdi.
Qadog’i
Yogurtlarning tashqi ko’rinishi uning juda mazali ekanligiga ishontiradigandek bo’lib, uni ko’rgan odam xarid qilmasdan iloji yo’q.
Mahsulotning og’irligi esa 260 grammni tashkil etadi.
Ta’mi
Kapuchinali «Danissimo» Shake&Go
Bu koktel och jigarrangda bo’lib, undan qahva isi ufurib turadi. Shirasi ham o’rtacha, yogurtning sal nordonligi sezilib turadi. Bu koktel ko’proq qahva ishqibozlariga yoqishi aniq.
Kakos va shokoladli «Danissomi» Shake&Go
Bu koktel mayin issiq shokolad ta’mda bo’lib, uni ichganingizda kakos qirindilari tilingizga tushadi va ajoyib hid bilan o’zgacha ta’m bag’ishlaydi.
Qulupnayli mizqaymoq «Danissimo» Shake&Go
Bizlarga eng ko’proq yoqqan yogurtlardan biro bo’lib, u och-pushti rangda, undan bir vaqtning o’zida ham ko’pirtirilgan qaymoq, ham qulupnay ta’mi kelib turadi.
Tarkibi
Kappuchinoli «Danissimo» Shake&Go
Normallashtirilgan sut, to’ldirgichlar (shakarli qiyom; glyukoza-fruktozali qiyom; quyultirgichlar – E1442, aromatizatorlar; natriy sitrat, karminlar bo’yoqlari) tabiiy qahva donachalari, shakar, yogurtli achitqi.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 116 kKal bo’lib, 3.5 grammini oqsillar, 5.2 grammini yog’lar, 13.18 grammini esa uglevodlar tashkil qiladi.
Kakos va shokoladli «Danissimo» Shake&Go
Normallashtirilgan sut, to’ldirgichlar (shakarli qiyom; kakos; glyukoza-fruktozali qiyom; quyultirgichlar – E1442, aromatizatorlar; natriy sitrat, karminlar bo’yoqlari) kakao kukuni, qirilgan kakao, shakar, yogurtli achitqi.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 119 kKal bo’lib, 3.6 grammini oqsillar, 5.37 grammini yog’lar, 13 grammini esa uglevodlar tashkil qiladi.
Qulupnay va muzqaymoqli «Danissimo» Shake&Go
Normallashtirilgan sut, to’ldirgichlar (shakarli qiyom; qulupnay; glyukoza-fruktozali qiyom; quyultirgichlar – E1442, aromatizatorlar; natriy sitrat, karminlar bo’yoqlari, shakar, yogurtli achitqi.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 117 kKal bo’lib, 3.5 grammini oqsillar, 5.2 grammini yog’lar, 14 grammini esa uglevodlar tashkil qiladi.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin
Bizlar «Danissimo» Shake&Go koktellarini Makro supermarketidan 16 690 so’mdan xarid qildik.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.