Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Spice Expertdan Seylon dolchini
Pishiriqlar yanada xushbo’y va mazali chiqishi uchun haqiqiy dolchindan solish katta ahamiyataga ega. Yaqin-yaqingacha bunday dolchinni Toshkentdan topishning iloji bo’lmagan.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Bizlar Spice Expertdan taqdim etilgan bu mahsulotdan xarid qilmasdan o’ta olmadik. Ishlab chiqaruvchi O’zbekiston bozoriga tabiiy seylon dolchinini olib kirdi. Agarda siz bizning Instagram sahifamizga a’zo bo’lsangiz, unda haqiqiy dolchin va oddiysining farqini ko’rish imkoniyatiga ega bo’lardingiz.
Qisqa qilib aytadigan bo’lsak, bizlarning bozorlardagi dolchin tayoqchalari «kassiya»lar bo’lib, ular qattiq, qalin po’stli, to’qroq rangda bo’ladi. Seylon dolchini esa ochroq rangda va yumshoqroq bo’ladi. Haqiqiy seylon dolchinining isi esa kassiyalardan sezilarli darajada farq qiladi.
Qadog’i
Spice Expert dolchini shisha idishli, maydalagichda solingan bo’lib, buraganda ichidagi dolchinni maydalab beradi. U juda qulay bo’lib, bitta o’ramining o’zi ko’pga yetadi. Uning qadog’ida to’liq ma’lumot berilgan: saqlash sharoitlari, dolchin yetishtirilgan mamlakat.
Mahsulotning og’irligi – 25 gramm.
O’ziga xosligi
Salqin kunlar boshlanganda dolchin qo’shib tayyorlaniladigan pishiriqlardan ko’proq tayyorlaymiz
Bu dolchin solingan maydalagich uni o’rtacha kattalikda maydalaydi. Shuni ham aytib o’tish kerakki, bu dolchin pishiriqlarga kam miqdorda solinar ekan, chunki uning hidi o’tkir bo’lib, oz miqdori ham pishiriqlarning mazali va xushbo’y chiqishini ta’minlaydi.
Tarkibi
Tarkibi juda oddiy: tabiiy seylon dolchini.
Qayerdan qancha narxga xarid qilidh mumkin
Spice Expertdan ishlab chiqarilgan dolchinlarni bizlar Korzinka.uz supermarketidan 26 990 so’mga xarid qildik.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.