Peshtaxtalatdagi qiziqarli mahsulotlar: KitKat Senses
Yaqinda savdo peshtaxtalarida yangicha ta’mli KitKat Senses shokoladlari sotuvga qo’yildi. Bizlar uning uch xil ta’mlisidan: karamelli, kakosli va ikki xil shokoladlisidan xarid qildik.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
KitKat – bu qarsildoq vafli va mazali shokoladdan tashkil topgan mazali shirinlikdir. Endilikda Nestle bu shokoladlarning bizga noodatiy bo’lgan ta’mlilaridan taqdim etdi.
Ta’tib ko’rgandan so’ng faqat bitta so’zni aytishimiz mumkin: mazali. Nestledan yangilangan mahsulot ishlab chiqarilgan belgisi oqladi. Bizlarning ba’zi bir xodimlarimizga KitKatning kakos ta’mlisi yoqqan bo’lsa, qolganlariga karamelli va ikki xil shokoladlisi yoqdi.
Qadog’i
KitKatning uch xil shokoladlari ham zar qog’ozli o’ramlarda qadoqlanilgan bo’lib, ustida shokolad rasmlari tasvirlanilgan.
Mahsulotning og’irligi 112 gramm.
Ta’mi
KitKat Senses Caramel Cappuccino
Karamel va kappuchino ta’mli shokoladdan boahlaymiz. Bu yerda ikki xil oq va sutli shokolad aralashtirilgan. Plitka shokoladi xuddi rasmidagidek ko’rinishga ega. Shokoladni ochgan zahoti qahva hidini tuyasiz.
KitKat Senses Deluxe Coconut
Endi ba’zilarga yoqmagan shokolad haqida gapirsak. Bu KitKat haqiqatdan ham kakosli bo’lib, ozroq hammaga tanish bo’lgan Raffaello konfetlarini eslatadi. Agarda siz kakos va kakos isini yoqtirsangiz, unda bu shokolad siz uchun.
Bu plitkada oq shokolad sutli shokoladga qaraganda ko’proq. Aytgancha, plitkadagi shokolad qavat-qavat qilib quyilgan: pastki – sutli, ustkisi – ikki xil shokolad aralashmasidan tashkil topgan.
KitKat Senses Double Chocolate
Yangiliklar ichida eng oddiyrog’i, Nestlening ikki xil shokoladidan tashkil topgan ko’rinishdagi shokolad. Ta’m jihatidan sutli shokolad ustunlikka ega bo’lib, qora shokolad deyarli sezilmaydi.
Tarkibi
KitKat Senses Caramel Cappuccino
Shakar, kakao yog’i, un (glyutenni o’zida saqlaydi), quruq sut, maxsus mo’ljallangan yog’ (palma yog’i, emulgator, letsitin).
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 525 kKal bo’lib, 6 grammini oqsillar, 28 grammini yog’lar, 62 grammini esa uglevidlar tashkil etadi.
KitKat Senses Deluxe Coconut
Shakar, kakao yog’i, un (glyutenni o’zida saqlaydi), quruq sut, maxsus mo’ljallangan yog’ (palma yog’i, emulgator, letsitin).
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 526 kKal bo’lib, 6.1 grammini oqsillar, 28 grammini yog’lar, 62 grammini esa uglevidlar tashkil etadi.
KitKat Senses Double Chocolate
Shakar, kakao yog’i, un (glyutenni o’zida saqlaydi), quruq sut, maxsus mo’ljallangan yog’ (palma yog’i, emulgator, letsitin).
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 523 kKal bo’lib, 5.9 grammini oqsillar, 28 grammini yog’lar, 62 grammini esa uglevidlar tashkil etadi.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin
KitKat shokoladlarini bizlar Korzinka.uz supermarketlaridan 11 990 so’mdan xarid qildik.