Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Granum kespesi
Kespe-bu uyda tayyorlanadigan qozoqcha lag’mondir. Bizga ancha tanish bo’lib qolgan Granum brendidan aynan shunday lag’monni ta’tib ko’rishni istadik.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Kespe -uyda tayyorlanadigan ingichka lag’mon bo’lib, u sabzavotlar va ziravorlarga boy go’shtli sho’rvada pishirilsa, ajoyib ma’zali va foydali suyuq taomga aylanadi.
Biz Granum mahsulotlaridan un va jaymani oshxonamizda sinab ko’rganimiz uchun, kespe bizga albatta yoqishiga ishonchimiz komil edi. Ushbu brend ishlab chiqaradigan makaron mahsulotlarining ustun jihatlaridan biri shuki, ular qattiq va og’ir bug’doy navidan tayyorlangandir. Shu sababli mahsulotlar ezilib ketmaydi va qomatingizga ziyon keltirmaydi.
Qadoqlanishi
Lag’mon vakuumli yelim xaltachalarda qadoqlangan bo’lib, old qismidagi shaffof rangli yelim qog’ozdan u ko’rinib turadi. Shu sababli siz mahsulotning butunligi va bezararligiga ishonch hosil qilib, xarid qilishingiz mumkin.
Mahsulotning og’irligi 300 grammni tashkil etadi.
O’ziga xosligi
Kespe- oliy navli bug’doy unidan tayyorlangan bo’lib, bunda bug’doyning og’ir navlaridan foydalanilgan. Biz uni boshqa ishlab chiqaruvchilar chiqargan lag’monlar bilan solishtirib ko’rganimizda, o’ziga xos farqni ko’rmadik. Mahsulotimiz qattiq va ma’zali bo’lib pishdi, eng quvonarlisi esa, ertasi kuni bo’tqaga aylanib qolmadi.
300 grammlik bir o’ram mahsulotimiz ko’p ham lag’monli taomlarni pishirmaydiganlar uchun mos keladi, qulay o’ramimiz bir necha marta ishlatishga yetadi.
Tarkibi
Tarkibi juda oddiy: oliy navli bug’doy uni, suv.
100 gramm mahsulotning energetik quvvati:
344 kkal, oqsillar-10.4 gramm, yog’lar-1.1 gramm, uglevodlar-71.5 grammni tashkil qiladi.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin
Granumning «Kespe» lag’monini bizlar Korzinka.uz tarmoqlaridagi supermarketlardan 3590 so’mdan xarid qildik.
Bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan doimo xabardor bo’ling, buning uchun bizning telegram kanalga a’zo bo’ling!