Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Granum unlari
Yaqinda savdo shaxobchalarida Granum nomli yangi unlarga ko’zimiz tushdi. Qozog’istonda ishlab chiqarilgan bu unning bir necha xili taqdim etilgan.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Bizlar ta’tib ko’rish uchun 3 xilidan xarid qildik: universal un, issiq taomlarga va quymoqlarga mo’ljallanilgan unlar. Bizlar bir xil undan xarid qilib, undan har xil yeguliklar pishirishga odatlanganmiz. Ammo bu unlar bilan qanday yo’l tutamiz?
Bizlar bu undan bir necha xil taomlardan tayyorladi. Haqiqatdan ham oddiy unga nisbatan bu un bilan pishirilgan yeguliklar yaxshiroq sifatda chiqdi. Agarda siz ham xamirli taomlarni sevib iste’mol qilsaniz, unda albatta Granum unlarini ta’tib ko’ring.
Qadog’i
Barcha unlar qog’oz o’ramlarda qadoqlanilgan. Qadog’ining ko’rinishi ishtahaochar taomlar bilan tasvirlangan.
Bizlar xarid qilgan unlarning og’irligi 2 kilo.
O’ziga xos jihatlari
Xullas, bizlar 3 xilidan xarid qildik.
Universal un
Bu «ekstra» navdagi un bo’lib, oq rangda, juda mayin qilib tuyilgan. «Ekstra» unlari yana qo’shimcha tozalashdan o’tisi sabab ham, undan pishirilgan pishiriqlar oppoq rangda va juda mayin bo’lib pishadi. Biz undan biskvit pishirdik, ta’mi ham, ko’rinishi ham juda yoqdi.
Issiq taomlarga mo’ljallanilgan un
Bunday unga uning cho’ziluvchanligini ta’minlaydigan ferment qo’shilgan. Bu un qaynatiladigan yoki bug’da pishiriladigan taomlar – manti, chuchvara, xonim kabi taomlarni pishirishga mo’ljallanilgan. Bu undan qorilgan un yaxshi yoyiladi, yirtilib ketmaydi.
Quymoqlarga mo’ljallanilgan un
Bu quymoqqa mo’ljallanilgan tayyor aralashma bo’lib, uni sut yoki suvga aralashtirib, quymoqlarni pishirib olaverasiz. Juda qulay, ta’mi ham bizlarga juda yoqdi.
Tarkibi
Unlarning tarkibini bug’doy tashkil etadi.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin
Granum unlari Korzinka.uz supermarketlarida quyidagicha narxda sotiladi:
- issiq taomlarga mo’ljallannilgan va universal unlarning 2 kilosi 8 490 so’m turadi;
- quymoqqa mo’ljallangan unning 2 kilosi esa 19 990 so’m turadi.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.