Pazandachilik asoslari: Tuxum oqini to’g’ri ko’pirtirish
Bugun bizlar tuxum oqini to’g’ri ko’pirtirish to’g’risida bir necha maslahat va tavsiyalar berib o’tamiz.
Ko’pirtirilgan tuxumdan ko’pgina pishiriqlar tayyorlashda foydalanamiz. Yumshoq suflelardan tortib, to qarsildoq bezelargacha ko’pirtirilgan tuxum oqidan foydalanamiz. Lekin ba’zida ko’pirtirgan tuxum oqi ko’nglimizdagidek chiqmaydi. Bizning quyidagi maslahatlarga tayanib ish tutsangiz, bu jarayonda umuman qiyinchiliklarga duch kelmaysiz.
Umumiy maslahatlar
Idish
Bunda shisha, chinni yoki sirlangan idishdan foydalanamiz. Uni yaxshi yuvib, yaxshilab quritamiz: idish nam bo’lsa, tuxum oqi yaxshi ko’pirmaydi. Yana tog’oraning yog’li emasligiga ishonch hosil qiling.
Tuxum
Xona haroratidagi tuxumlar yaxshi ko’piradi. Ammo tuxumlar muzdek bo’lsa, tuxum oqini sarig’idan ajratish osonroq kechadi. Shuning uchun ham muzdek tuxumlarni oqini sarig’idan ajratamiz, so’ng xona haroratida ozroq qoldiramiz.
Va albatta, tuxumlar yangi bo’lishi shart, shunda ularning ko’pirishi tezroq kechadi.
Qo’shimchalar
Tuxum oqi yaxshi ko’pirishi va ag’darganda oqib ketmasligi uchun unga quyidagilar solinadi:
- bir chimdim tuz: bir chimdim tuz solingan tuxumlar yaxshi ko’piradi. Tuz ko’pirtirishning boshida solinadi;
- bir chimdim limon ham xuddi tuzni vazifasini bajaradi, ammo uni ko’pirtirishning oxirida solinadi;
- merenga uchun shakar darrov solinmaydi. Avval tuxum oqlarini yaxshilab ko’pirtiramiz, undan so’ng oz-ozdan shakar solib ko’pirtiramiz. Shakar solingandan so’ng, ko’pirgan tuxum yaltirab turadi.
Tuxum oqini mikser bilan to’g’ri ko’pirtirish
Avvalambor, mikser uchliklari toza va quruq ekanligiga ishonch hosil qiling. Mana endi eng qizig’i boshlanadi:
- birinchi bosqich: yengil ko’pik. Tuxum oqini mikserining eng kichik bosqichida ko’pirtirishni boshlang. U yaxshi ko’pirisshi uchun hozir bir chimdim tuz solish maqsadga muvofiqdir. Eng kam tezligida yengil ko’pik hosil bo’lgunicha tuxumni ko’pirtiramiz;
- ikkinchi bosqich: tuxum oqlari oppoq ko’pikka aylanganidan so’ng, ozroq limon kislotasidan soling;
- uchinchi bosqich: yumshoq ko’pik. Mikserni o’rtacha tezligini yoqib ko’pirtiramiz. Tuxumning yumshoq ko’pikligini aniqlash oson. Bunda tuxum solingan idishni ag’darsangiz, ko’pik siljimaydi, lekin venchik uchidagi ko’pik tushib ketadi. Shu jarayonda 1-2 osh qoshiqdan shakar solishni boshlaysiz;
- to’rtinchi bosqich: qattiq ko’pik. Ko’pirtirishda davom etamiz, bunda ko’pik yaxshilab ko’pirib, qattiqlashib qoladi. Mikser uchidagi venchikdan tushib ketmasdan, holatini yaxshi saqlaydi;
- tuxum oqini merenga uchun ko’pirtiramiz. Merenga – bu shakar bilan ko’pirtirilgan tuxum oqlaridir. Shakarning hammasi solinganda, yana 5 daqiqa ko’pirtiramiz. Bunda u silliq holatga kiradi.
Tuxumni qo’lda ko’piritish
Agarda sizda mikser bo’lmasa, unda tuxum oqini qo’l venchikida yoki sanchiqlar yordamida ko’pirtirishingiz mumkin:
- agarda venchik ham bo’lamasa, unda ikkta sanchiq oling va bir-biriga jipslashtiring va shu bilan ko’pirtirishini boshlang.
- qo’ldako’pirtirish ko’proq vaqtni ko’proq vaqt va kuchni talab qiladi;
- tuxum oqini bir tomonga qaratib ko’pirtirish kerak;
- tuz, limon kislotasi va shakarni xuddi mikserda ko’pirtirganimizdek bir vaqtda solamiz;
- qo’lda ko’pirtirganda shakar upasidan foydalansangiz, ko’pirtirish osonroq kechadi.
Agar tuxum oqi haddan ziyod ko’p ko’pirtirib yuborilgan bo’lsa
Tuxum oqi me’yoridan ko’p ko’pirtirilganini qayerdan bilsa bo’ladi?
- tuxum oqining hajmi kichrayadi;
- idishning chetlarida granulasimon tuxum qoldiqlari yopishib qoladi;
Bu holatni to’g’irlash mumkin: shunchaki bir dona tuxum oqidan soling va yana qaytadan ko’pirtiring.
*Fotosuratlar internetdagi ochiq manbalardan olingan.
Не забывайте подписываться на наш телеграм канал, чтобы быть в курсе новых рецептов и материалов!
1 Sharhlar Hide Comments
Izohingizni yozib qoldiring
Izoh qoldirish uchun tizimga kirishingiz kerak.
Katta raxmat