Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: «Qirol Artur» pishlog’i
Ukraina savdo belgisi «Milkyland» haqida bundan oldin gapirib o’tgan edik. Mana bugun u O’zbekiston bozoriga yana bir yangi pishloqni taqdim qildi. Shu haqida batafsil ma’lumot berib o’tamiz.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
«Milkyland» kompaniyasi o’zining yangi «Qirol Artur» pishlog’ini iste’molchilarga taqdim etdi. U o’zining laktozasiz «Latter» pishlog’i bilan bizlarni quvontirgan edi. Xo’sh, bu galgi pishloqdan nimalarni kutish mumkin? Ishlab chiqaruvchining yozishicha bu pishloqning tayyorlanish retsepti qattiq sir tutilar ekan, bu esa bizlarni qiziqtirib qo’ydi.
Shunday qilib bizning qo’limizda 50 % yog’li, yarim qattiq pishloq bo’lib, uning tashqi ko’rinishi va ta’mi bizlarga yoqdi. Bunday pishloq buterbrodlar tayyorlashda, salatlar va gazaklarga ishlatishda ham yaxshi. Agarda sizga ham eritilgan sariyog’ ta’mli pishloqlar yoqsa, unda «Qirol Artur» pishlog’i albatta sizga yoqadi.
Qadog’i
Pishloq o’ramining og’irligi 180 grammni tashkil qiladi.
Ta’mi
Pishloq sho’r ta’mda emas, kesilganda ham bo’linib ketmaydi. Pishloqdan eritilgan sariyog’ hidi ufurib turadi. Yeyilganda ham tishlarga yopishib qolmasligi bizlarga yoqdi.
Tarkibi
Pishloqning tarkibi me’yorida: pasterizatsiya qilingan sut, tuz, mezofiliya va termofiliya sut bakteriyalari, aromatizator, kaliy nitrat, «annato» tabiiy bo’yog’i.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 372 kKal bo’lib, 24.4 grammini oqsillar, 30.2 grammini yog’lar, 0 grammini uglevodlar tashkil qiladi.
Qayerdan qancha narxda sotib olish mumkin
Bizlar «Qirol Artur» pishlog’ini Makro supermarketidan 16 690 so’mga xarid qildik.
Bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan doimo xabardor bo’ling, buning uchun bizning telegram kanalga a’zo bo’ling!