Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Laktozasiz «Latter» pishlog’i
Bugun supermarketlarda sotuvga chiqqan yangi, Ukrainaning «Milkland» savdo belgisi ostida ishlab chiqarayotgan «Latter» pishlog’i haqida ma’lumot berib o’tmoqchimiz.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Bizlar poytaxtimizning savdo shaxobchalarida laktozani saqlamaydigan pishlaqlarni hali ko’rmagan edik. Shu sababli ham biz uning oldidan ko’z yumib o’ta olmadik va undan xarid qildik. Bizning o’ylashimizcha, bunday pishloq quruq, quruq sut ta’mi ufurib turadigan va bemaza bo’ladi, ammo uni ta’tib ko’rgandan so’ng, rosti ajablandik!
Laktozasiz pishloqlar ham mazali va yoqimli ta’mda bo’lar ekan. Hozirda pishloqlarning turi va soni juda ko’p, ammo arzon narxda sifatli pishloq topish qiyin mushkul. Agarda sizning organizm laktozani qabul qila olmaydigan bo’lsa, unda bu pishloq aynan siz uchun.
Qadog’i
Pishloq rangsiz, atrof-muhit uchun zararsiz yelim qog’ozda qadoqlanilgan bo’lib, ustida ukraincha tilda yozilgan. Qadog’idan uning rangi va ko’rinishi yaqqol ko’rish mumkin.
Pishloqning og’irligi 180 grammni tashkil qiladi.
Ta’mi
«Latter» qattiq pishlog’i qaymoqli ta’mda bo’lib, biroz tuzlangan, iste’mol qilgandan keyin yoqimli ta’m qoldiradi. Pishloqda sun’iy yoki begona ta’mni sezmaysiz.
«Latter» pishlog’i oson kesiladi va bo’linib ketmaydi.
Tarkibi
Pishloqning tarkibini quyidagilar tashkil etadi: normallashtirilgan, pasterizatsiya qilingan sut, iste’mol tuzi, kalsiy xlorid, kaliy nitrat, 0,1 % li laktoza fermenti, «annato» tabiiy bo’yog’i, mezofiliya va termofiliya sut bakteriyalari.
100 gramm mahsulotning ozuqaviy qiymati: 345 kKal bo’lib, 22 grammini oqsillar, 28.5 gramm yog’lar, 0 gramm uglevodlar.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin
Bizlar «Latter» pishlog’ini Makro supermarketidan 16 690 so’mga 180 grammini xarid qiling.
Bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan doimo xabardor bo’ling, buning uchun bizning telegram kanalga a’zo bo’ling!