Mikroto’lqinli pechni to’g’ri tanlash
Ko’pchilikning ro’zg’orida mikroto’lqinli pechi uchratish mumkin. Agarda siz ham bunday oshxona maishiy texnikasidan sotib olmoqchi bo’lsangiz, unda bizlarning maslahatlarga bemalol tayanishingiz mumkin.
Mikroto’lqinli pechlarning ijobiy va salbiy tomonlari
Uning qanday ishlatishingizga qarab, modelini tanlaysiz. Lekin shunga qaramasdan mikroto’lqinli pechlarning ijobiy va salbiy tomonlari bir xil.
Ijobiy tomonlari
- mikroto’lqinli pechda nafaqat ovqat isitish, balki turli-tuman taomlardan tortib, hatto yogurtgacha tayyorlash mumkin;
- pishirish yoki isitishda yog’ solish talab qilinmaydi;
- mikroto’lqinli pechlar qulay hajmlardaligi;
- ovqat tayyorlash jarayonida xohlagan ishingiz bilan mashg’ul bo’lishingiz mumkin;
- ovqatn isitishda gaz plitasiga nisbatan ancha kam vaqt sarflaysiz;
- mahsulotlardagi vitaminlarning ko’pchiligi saqlanib qolinadi.
Salbiy tomonlari
Mikroto’lqinli pechlarning ijobiy tomonlari anchagina, shunday emasmi? Yog’siz, parhezbop taomlarni tayyorlashda u ajoyib tanlov bo’lishi ham mumkin. Ammo, bunday pechlarning salbiy tomonlari ham mavjud bo’lib, ular quyidagilardir:
- birinchi o’rinda «sun’iy» ta’m: mikroto’lqinli pechda tayyorlanilgan taomning ta’mi gaz pliasi yoki pechinikidan farq qiladi;
- zararli nurlanishidan ko’pchilik qo’rqadi. Hozirgi paytda ishlab chiqaruvchilar, zararli nurlanishini kamaytirish ustida ishlar olib borishiyapti. Aytgancha, tashqi tarafdan nurlanish 20 sm dan uzoqni tashkil qilmaydi.
Mikroto’lqinli pech sizga asqotadi, agar:
- taomni gaz plitasida tayyorlash yoki isitishda yetarlicha vaqtingiz bo’lmasa;
- gaz plitasi yoki pechida tayyorlash uchun imkoniyatingiz bo’lmasa.
Mikroto’lqinli pechning narxi nimaga bog’liq
Birinchi navbatda ularning farqi ularning vazifalarining ko’pligiga bog’liq. Masalan Midea mikroto’lqinli pechi 519 800 so’m turadi va u faqat ovqatni isitish va muzlaganlarini eritish vazifasini bajara oladi. Panasonic mikroto’lqinli pechining esa narxi 4 179 000 so’mni tashkil qiladi va u grill, avtomatik ravishda tayyorlash, bug’ bilan tozalash va bolalardan himoya vazifalariga ega.
Shuningdek uning narxiga quvvati, ustidagi qoplamasi va ishlab chiqarilgan brendi ham ta’sir ko’rsatadi.
Sotib olishda nimalarga ahamiyat qaratish lozim
Funksional
- hajmiga: agarda sizning oilangiz, kichkina bo’lib, 1-2 kishini tashkil qilsa, unda sizga hajmi 20 litrgacha bo’lgan mikroto’lqinli pechlar ham bo’laveradi. Katta oila uchun esa hajmi 27-32 litrli mikroto’lqinli pechlar asqotadi.
- quvvati: u ovqatning tayyorlanilishi va vaqtiga ta’sir ko’rsatadi. Ko’pchilik pechlarning quvvati 700-1 000 Vt ni tashkil qiladi.
- avtomatim ravishda tayyorlash: bunday mikroto’lqinli pechlar qulay bo’lib, tartibni qo’lda belgilashingiz shart emas.
- avtomatik ravishda isitish: bunda pechning o’zi muzlagan mahsulotlarni kerakligicha eritib beradi, bunda siz vaqt va quvvatini belgilashingiz shart emas.
- avtomatik ravishda isitish: схема работы микроволновки такая же, как и с разморозкой. Вы выбираете продукт и его вес, а микроволновка сама подбирает нужную программу.
- mikroto’lqinlar va grill: bu vazifataomni ustini tillarangda qizartirib pishirish imkonini beradi;
- grill va konveksiya: bunday pechlarda pishiriq va qovurilgan taomlarni tayyorlash mumkin.
- bug’ bilan tozalash: bunday vazifalar bu mikroto’lqinli pechlarda mavjud. U 10-15 daqiqa ichida pechni yog’lama va kirlardan tozalab bera oladi. Buning uchun maxsus joyga suv va yuvish vositasini solib, bug’li tozalash tartibini bosish kerak bo’ladi.
- hidlardan tozalash: bunday pechlarda shamol purkagich o’rnatilgan bo’lib, taomlar tayyorlanilgandan so’ng, u pechni hiddan tozalash imkonini beradi.
Ichki qoplamasi
Ichki qoplamasi uning qancha muddatgacha yarashini ta’minlaydi.
- emalli qoplama qimmat emas, ammo ishonchlidir. Uni tozalash oson, ammo bunday qoplamalar yuqori haroratga chidamsiz hisoblanadi. Agar emal yorilsa, buning natijasida pech ham buzilishi mumkin.
- zanglamaydigan po’lat mustahkam bo’lib, lekin uni yuvish qiyinchilik tug’dirishi aniq.
- keramika yoki biokeramikali pechlar qimmat bo’lib, ammo ular chidamli, yuvilishi ham anchagina osondir.
Boshqarish
Mikroto’lqinli pechlarni boshqarish uchu xil:
- mexanik
- elektron tugmali
- elektron sensorli.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin
Arba.uz internet do’koni
- 519 800 so’mdan: Midea mikroto’lqinli pechi, 700 Vt, hajmi 20 litr, isitish va eritish vazifalari mavjud;
- 2 177 105 so’mgacha: Samsung mikroto’lqinli pechi, 900 Vt, hajmi 28 litr, grill, konveksiya, 6 darajali quvvat, avtomatik ravishda tayyorlash, bolalardan himoya, tez start, tez isitish, bug’li tozalash va hidlarni yo’qotish vazifalari mavjud.
Mediapark.uz internet do’koni
- 668 000 so’mdan: Artel mikroto’lqinli pechi, 700 Vt, hajmi 20 litr, isitish va eritish;
- 4 179 000 so’mgacha: Panasonic, 1000 Vt, hajmi 27 litr bo’lib, u grill, avtomatik ravishda tayyorlash, bug’ bilan tozalash va bolalardan himoya vazifalariga ega.
Mytech.uz internet do’koni
- 639 900 so’mdan: Beston mikroto’lqinli pechi, 700 Vt, hajmi 20 litr, yoritish, bolalardan himoya, tez tayyorlash;
- 1 255 500 so’mgacha: LG, 1000 Vt, hajmi 25 litr, avtomatik tayyorlash, avtomatik isitish va eritish, bolalardan himoya va yoritish.
*rasmlar internet manbalaridan olingan.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.