Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Mieszko shokoladli konfetlari
Bugun savdo peshtaxtalarida bizning diqqatimizni tortgan mahsulot Polshada ishlab chiqarilgan Mieszko shokoladli konfetlari bo’ldi.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Aytish kerakki, Mieszko diqqatni tortishni uddaladi! Uzunchoq karobkachalar ichida qandaydir mazali narsa bor deb hamma ham o’ylashi aniq. Bizlar shokoladlarning uchu xilidan tanladik: shokolad va vanil, espresso va
Qadog’i
Konfetlar uzunchoq karobkachalarda bo’lib, har bir shokolad donasi folgali qog’ozlarga solingan.
Chocoladorroning ustida qora shokolad, Espresso karobkasining ustida esa bir finjon qahva tasvirlangan bo’lsa, pushti rangli Amorettada esa havodek yengil desert ifodalangan.
- Mieszko Chocoladorro konfetlarining og’irligi 103 gramm;
- Mieszko Espresso esa 98 gramm;
- Mieszko Amorettaning og’irligi 94 grammni tashkil qiladi.
Ta’mi
Mieszko Chocoladorro
Bu qadoqdagi konfetlar ikki xil ta’mda bo’lib, ular: vanilli va shokoladli asosli bo’lib, ikkalasi ham yumshoq, xuddi kremga o’xshab ketadi. Ikkalasining ta’mi mayin va yoqimlidir.
Mieszko Espresso
Bu qahvani yoqtiruvchilarga juda ham yoqadi. Achchiq qahva va shokolad birgalikda ajoyib uyg’unlikni tashkil etgan. Aygancha, bitta karobkasining ichida 9 dona konfet mavjud.
Mieszko Amoretta
Bu yerda uchu xil ta’mli shokoladlar bo’lib, ular: qulupnayli panna kotta, qahvali tiramisu va karamelli krem-bryule. Ta’mi juda mayin va o’zgacha bo’lib, tishlaganda og’izda erib ketadi.
Tarkibi
Mieszko Chocoladorro
Shokolad(50%) – (qirilgan kakao, shakar, kamroq yog’ni saqlovchi kakao, sut yog’i, Е492 stablizator, emulgator, o’simlik yog’i (palma yog’i va shi yog’i), shakar, oq shokolad, kakao yog’i, quruq sut, quruq sut zardobi, tabiiy vanil, soya letsitini, aromatizatorlar.
100 gramm mahsulotning energetik quvvati: 581 kKal bo’lib, 5.7 grammi oqsillar, 40.3 grammi yog’lar и 53.2 grammi uglevodlardir.
Mieszko Espresso
Shokolad(58%) – (qirilgan kakao, shakar, kamroq yog’ni saqlovchi kakao, sut yog’i, Е492 stablizator, emulgator, o’simlik yog’i (palma yog’i, mango urug’lari va shi yog’i), shakar, oq shokolad, kakao yog’i, shirin bo’lmagan quyultirilgan sut, qahvali aralashma (4.6%), quruq sut, quruq sut zardobi, tabiiy vanil, soya letsitini, sora aromatizatorlar.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 463 kKal bo’lib, 4 grammi oqsillar, 22.6 grammi yog’lar va 60.9 grammini uglevodlar tashkil qiladi.
Mieszko Amoretta
Shokolad 23 % (qirilgan kakao, shakar, kamroq yog’ni saqlovchi kakao, sut yog’i, Е492 stablizator, emulgator, o’simlik yog’i (palma yog’i va shi yog’i), shakar, oq shokolad, kakao yog’i, quruq sut, quruq sut zardobi, tabiiy vanil, soya letsitini, yeryong’oq, aromatizatorlar, sutli shokolad, sut oqsillari, qulupnay, quyultiruvchilar, «janduya» shokoladi, yogurt kukuni..
100 gramm mahsulotmning energetik qiymati: 540 kKal bo’lib, 4.3 grammini oqsillar, 33 grammini yog’lar va 56 grammini uglevodlar tashkil qiladi.
Qayerdan qancha narxda sotib olish mumkin
Mieszko shokoladlarini quyidagi narxlarda sotib olish mumkin:
- Makro supermarketida ularning 1 ta qutisini 18 690 so’mga;
- Arba.uz internet do’konidan 17 590 so’mga xarid qilish mumkin.
Azizlar, barcha yangiliklardan birinchi xabardor bo’lishni istasangiz, unda hoziroq sahifamizning o’zbek tilidagi telegram kanaliga albatta a’zo bo’ling.