Pazandachilikda kerak bo’ladigan qoliplar
Pishirish qoliplarisiz hech qaysi oshxonani tassavvur eta olmaymiz. Ularning qaysi biri eng yaxshisi hisoblanadi, hoziroq aniqlik kiritamiz.
Savdo shaxobchalarida bunday qoliplar shu darajada ko’pki, ularning qaysi birini tanlashni bilmay boshing qotishi aniq. Pazandachilik bilan endi shug’llanayotganlarga esa, tabiiyki, bu qiyinchilik tug’diradi. Shu sababli ham bu borada bizlar sizlarga ozroq maslahatlar berib o’tmoqchimiz.
Qoliplarning turlari
Nimaga mo’ljallanganligiga qarab
- aylana shakldagi qoliplar baland va past bo’lib, ular asosan, pirog va nonlarga mo’lallangan bo’ladi;
- figurali qoliplar har xil tajribalar o’tkazishni yoqtiruvchilarga mo’ljallanilgan, masalan ularda, tortni yurak yoki ayiqcha shaklida pishirish mumkin;
- cheti olinadigan qoliplar biskvitlar va har xil tortlar, masalan chizkeyklar pishirishga mo’ljallanilgan. Cheti ochilishi sababli ham ularni ajratish qiyinchilik tug’dirmaydi;
- keksga mo’ljallanilgan qoliplarda pishiriladigan kekslarning o’rtasi yaxshi pishishi va xom bo’lib qolmasligi uchun ham ularning o’rtasi teshikli bo’ladi;
- tartlarga mo’ljallanilgan qoliplar tart yoki usti ochiq piroglarni pishirishda ishlatiladi;
- mini qolipchalar tartaletkalar, maffinlar, kapkeyklar va boshqa kichkina pishiriqlarni pishirishda ishlatiladi.
Diametri
Qolipingizning aylanasi nechi kishiga mo’ljallab pishirishingizni hisoblab beradi. Aytgancha, aylanasini qolipning tubini o’lchash orqali hisoblaysiz.
- kichkina qoliplar (11-18 santimetr) 3-5 kishiga mo’ljallanilgan;
- o’rtacha (20-26 santimetrli) qoliplar 15 va undan ortiqroq kishiga mo’ljallanilgan;
- katta (26-33 santimetrli) qoliplar 30 va undan ortiq kishiga mo’ljallanilgan.
Qolipning diametriga qarab masalliqlarni to’g’ri hisoblash
Bizlar o’z retseptlarimizda ishlatgan qolipimiz aylanasini yozib boramiz. Xo’sh, sizning qolipingiz bizlarnikidan kattaroq yoki kichikroq bo’lsa nima qilishingiz kerak? Bizlar bugun oddiy formulada buni to’g’ri hisoblashni o’rgatamiz.
Aylanasi kichkinaroq qolip sonini aylanasi katta qolip soniga bo’lib olamiz.
Masalan, bizlar aylanasi 24 sm li qolipdan foydalangan bo’lsak-u, lekin siz ishlatadigan qolipingizning aylanasi 30 sm bo’lsa, unda 30 ga 24 ni bo’lasiz. Farqi chiqadi: 1.25. Endi qarang, bizlar 300 gramm undan ishlatgan bo’lsak, siz 300 ni 1.25 ga ko’paytirasiz. Javobi siz ishlatadigan qolipga loyiq keladi.
Metall qoliplar
Endi qoliplarning qanday xom-ashyodan tayyorlanilgani haqida gapirib o’tamiz. Ilk marotaba insonlar metall qoliplardan foydalanishgan. Bunday qoliplarni alyumin, po’lat va cho’yandan tayyorlashadi. Ular tagiga olmasligi uchun maxsus qoplama bilan qoplanilish yoki qoplanmasligi mumkin.
Bunday qoliplar quyidagi pishiriqlarga ishlatiladi:
- pechenyelar;
- korjlar;
- kekslar;
- maffinlar;
- tart va tartaletkalar.
Ular tezda qizishi sabab ham, ulardagi pishiriqlar darrov pishadi. Ularning faqat salbiy tomoni shundaki, qalin va og’ir pishiriqlar tezda pishishi va o’rtasi xom qolishi mumkin.
Alyumin qoliplar tagiga olmasligi uchun maxsus qoplama bilan qoplangan bo’lsa, unda ehtiyotkorlik talab etiladi. Bunday qoliplarda pishiriqlarni kesmaslik kerak. Aks holda qolipga shikast yetkazishingiz, buning oqibatida esa uni chiqindiga tashlab yuborishingiz mumkin.
Bozorlardagi qoliplarning ko’pchiligi ana shunday maxsus qoplama bilan ishlov berilganligi uchun ham ularni yuvishda ham ehtiyotkorlik tavsiya etiladi.
Po’latdan tayyorlanilgan qoliplarda quyidagilarni pishirish mumkin:
- kekslar;
- korjlar;
- maffin va kapkeyklar;
- kulichlar;
- piroglar;
- tart va tartaletkalar.
Pishish tezligi qolipning rangiga ham bog’liq bo’lib, to’q rangli po’lat qoliplarda pishiriqlar, och ranglisiga nisbatan tezroq pishadi.
Cho’yan qoliplar
Cho’yan qoliplar boshqa qoliplarga o’xshab keng tarqalmagan. Ular og’ir, narxi ham qimmat turadi. Bunday qoliplarning ijobiy tomoni: qolipning hamma yeri bir xil qizishi sabab ham, undagi pishiriq xom ham qolmaydi, kuyib ham ketmaydi.
Bunday qoliplar juda chidamli va sifatli hisoblanadi.
Metall qoliplarni to’g’ri yuvish
Metall qoliplarni qattiq gubka yoki metall simchalar bilan yuvish tavsiya qilinmaydi. Ularni yuvish vositasi va yumshoq gubka bilan yuvib tashlash kerak.
Azizlar, barcha yangiliklardan birinchi bilib olishni istasangiz, unda hoziroq sahifamizning o’zbek tilidagi telegram kanaliga albatta a’zo bo’ling.
1 Sharhlar Hide Comments
Izohingizni yozib qoldiring
Izoh qoldirish uchun tizimga kirishingiz kerak.
Nice