Pazandachilik asoslari: Oddiy oshxamir
Oddiy oshxamir bu ko’pgina taomlarning asosi sanaladi, ayniqsa bizlarning sevimli milliy taomlarimizning.
Bizlar bundan oldingi maqolalarimizda oshirma xamir va qatlama xamir haqida gapirib o’tgan edik. Bugun esa oddiy oshxamir haqida gapirishga qaror qildik.
Oddiy oshxamir turlari
Oddiy oshxamir insonlarga qadim zamondan beri tanish bo’lib, uni faqatgina ikki xil masalliqdan, ya’ni un va tuzdan qorishadi. Xamir sal cho’ziluvchan bo’lishi uchun esa, unga o’simlik yog’i ham solamiz. Oddiy oshxamir ham o’z navbatida ikkiga bo’linadi: bular oddiy va yog’li oshxamirdir.
Oddiy xamir
Bunday xamir vareniklar, mmanti, xonim va chuchvaralarga yaxshi bo’lib, uni un, suv va o’zimlik yog’idan tayyorlashadi. So’ng, uni yoyish oson bo’lishi uchun ham, unga yarim soat dam beriladi.
Bunday xamir uchun masalliqlarni quyidagicha solinadi: 500 gramm unga 150-180 millilitr suv, 1 choy qoshiq tuz va 15 millilitr o’simlik yog’i solinadi (1 osh qoshiq).
Yog’ va shakar qo’shiladigan xamir
Bunday xamir vartushkalar, pirog va pishiriqlar tayyorlashda ishlatiladi. Unga sariyog’ yoki o’simlik yog’i, margarin, shakar, smetana yoki kefir, qabartma yoki iste’mol sodasi solinadi. Xamir yumshoq va mazali chiqadi.
Yog’ va shakar qo’shilgan xamirni qanday qorish mumkin
Bunday xamirlarni qorish usullari ko’p bo’lib, lekin ko’pincha uni ikki xil usulda qorishadi:
Birinchi usuli: еagar o’simlik yog’i yogi ozroq sariyog’ ishlatilsa
- suv yoki sutga shakar, tuxum va eritilgan sariyog’ solinadi;
- un bilan sodanni alohida idishda aralashtiriladi. Agar smetana yoki kefir ishlatilsa, unda uning ichiga iste’mol sodasi solinadi. Suv yoki sutdan foydalanssangiz, u holda ozroq limon kislotasidan ham soling;
- suyuqlik un ustidan solinadi va yumshoq xamir qoriladi.
Bunday xamir qorilgandan so’ng darrov pishirish talab etiladi, aks holda soda bilan kislotaning reaksiyasi tugab, xamir ko’tarilmay, qattiq bo’lib qoladi.
Ikkinchi usuli: agar ko’p miqdorda sariyog’ solinsaа
- yumshagan sariyog’ shakar bilan ko’pirtiriladi;
- smetana, qaymoq, kefir yoki sut bilan aralashtirilgan tuxumli aralashma solinadi va ko’pirtirishda davom etiladi;
- soda yoki limon kislotasi bilan aralashtirilgan un elab solinadi(agarda sut solinsa);
- tezda xamir qoriladi.
Xuddi oldingisidek, uni darrov pishirib olish tavsiya qilinadi.
Suyuq oddiy oshxamir qanday tayyorlaniladi
Suyuq xamir shunday tayyorlaniladi:
- sut yoki suvga tuxum, shakar, tuz va yog’ solinadi;
- suyuqlik ichiga soda bilan elangan un solinadi.
Oddiy xamirni muzlatsa bo’ladimi
Agarda siz xamirni pishirib olishga ulgurmagan bo’lsangiz, unda uni sovutgichda yoki muzlatgichda saqlashingiz mumkin.
- sovutgichda xamir 2-3 kungacha saqlaniladi. Xamirni aylana qilib, oziq-ovqat pelyonkasiga o’rang;
- muzlatgichda bunday xamir 2 haftagacha saqlaniladi. Ammo bunday xamirni iloji boricha tezroq ishlatishga harakat qiling.
Uni ishlatishdan bir kun oldin sovutgichga olib qo’ying. Xona haroratida bunday xamir yopishqoq bo’lib qoladi. Agarda iloji bo’lsa, bunday xamirdan chuchvaralar tayyorlab, ularni muzlatgichda saqlang.
Bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan doimo xabardor bo’ling, buning uchun bizning telegram kanalga a’zo bo’ling!