Oy uchun foydali mahsulotlar: Iyul
Bozor rastalarida yangi uzilgan meva-chevalaru sabzavotlar shu darajada ko’pki, qaysi birini tanlashni bilmay boshing qotishi aniq. shunday emasmi?
Iyul oyida iste’mol qilish shart bo’lgan mahsulotlar to’g’risida, albatta, hozir gapirib beramiz.
Pomidor
Va nihoyat yangi uzilgan, tabiiy va issiqxonalarda emas balki, yerda ekilib, quyosh nuriga to’yinib pishgan pomidorlar ham sotuvga chiqdi. Bunday pomidorlar mazaligi uchun, uni o’zini bo’lib, yoki tuz sepgan holda nonga botirib yeging keladi. Osh bo’lsin! Qancha xohlasangiz, shhuncha yeyavering: pomidorlar o’zida likopin antioksidantini saqlovchi superfud hisoblanadi. U organizmga stress, depressiya va saraton kasalliklarining oldini olish uchun ko’maklashadi. Bundan tashqari, pomidor shamollash va mikroblarga qarshi kurashishda ham ko’maklashadi. Agarda siz ozishni istasangiz, unda pomidordan iste’mol qiling.
Allergiya, buyrak va o’t pufagi kasalliklaridan aziyat chekuvchilarga undan ko’p iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi.
Yangi uzilgan pomidorning 100 grammi 20 kKalni tashkil qilib, ulardan, 1.1 grammini oqsillar, 0.2 grammini yog’lar, 3.7 grammini esa uglevodlar tashkil qiladi.
Qancha narxga sotib olish mumkin:
- Korzinka.uz supermarketlarida pomidorning kilosini 990 dan 3 590 so’mgacha;
- Arba.uz internet sahifasida 2 690 dan 5 990 so’mgacha;
- Kadisheva bozorida 1 000 so’mdan 2 500 so’mgacha;
- Bo’z bozorda 1 500 dan 3 000 so’mgacha sotib olish mumkin.
Shaftoli
Xushbo’y isli va mazali shaftolilarni kim sevib iste’mol qilmaydi? Ular allaqachon sotuvga qo’yildi, iyul oyining o’rtalariga kelib esa, bu avjiga chiqadi. U organizmni shlaklar va toksinlardan tozalovchi biriktiruvchi to’qimalarni , vitamin va minerallarni o’zida saqlaydi. Shaftoli yurak-qon tomir tizimlari faoliyatida, qon bosimi va xolesterinni tushirishda va shamollashga qarshi kurashishda juda foydali hisoblanadi.
Shaftolida shakar miqdorining ko’pligi sabab, qandli diabetga chalinganlarga va allergiyadan aziyat chekadiganlarga undan ehtiyot bo’lib iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
Shaftolilarning 100 grammi 46 kKalni tashkil qilib, ulardan 0.9 grammini oqsillar, 0.1 grammini yog’lar, 11.3 grammini esa uglevodlar tashkil qiladi.
Olxo’ri
Hozir olxo’rilarning g’arq pishgan mahali. Yumshoq va shirin, o’z navbatida biroz nordonroq ta’mli meva ko’pchilikka juda yoqadi. U juda foydali bo’lib, oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilab, buyrakni tozalaydi, organizmni zararli toksinlardan tozalaydi. Olxo’rida yurak va tomirlar uchun foydali kaliy miqdori juda ko’p ekan.
Agarda siz qandli diabetdan, oshqozon kislotasining oshishidan, oshqozon yarasidan aziyat cheksangiz, unda avval shifokor bilan mastlahashib, so’nggina iste’mol qiling.
100 gramm olxo’rining ozuqaviy qiymati 42 kKal, 0.8 gramm oqsillar, 0.3 gramm oqsillar, 9.6 gramm uglevodlar.
Anjir
Anjir, albatta hammaga ham yoqavermaydigan o’ziga xos meva bo’lib, shunday bo’lsada uning foydali xususiyatlari juda serobligi sabab, sizlarga ham bu mevadan iste’mol qilishni tavsiya qilamiz. Anjir yurak va tomirlarga kerak bo’lgan kaliyning manbai bo’lib, u organizmni shlaklardan tozalashga yordam beradi. Anjir astmaga chalingan bemorlarga juda foydali bo’lib, yo’tal va bronxitda ham katta yordam beradi.
Oshqozon yarasi, qandli diabet kasalliklaridan aziyat chekuvchi insonlar, anjirda shakar miqdorining ko’pligi sababli ham, uni shifokor bilan maslahatlashganlaridan so’nggina iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
Anjirning 100 grammi 49 kKalni tashkil qilib, ulardan 0.7 grammini oqsillar, 0.2 grammini yog’lar, 13.7 grammini esa uglevodlar tashkil qiladi.
Malina
Agarda siz malinadan iste’mol qilishga ulgurmagan bo’lsangiz, unda shoshiling, chunki uning mavsumi poyoniga yetmoqda. Bizlar bu mazali mevani juda ham sevib iste’mol qilamiz. Hamma biladiki, malina shamollash va haroratning ko’tarilishida yordam beradi, bundan tashqari u ozishda va saraton kasalliklarini oldini olishda ham yaxshi vosita sanaladi. Malina qon tarkibini yaxshilab, immunitetni ko’taradi va metobolizmni ham tartibga soladi. Yana malina o’zida kam miqdordagina allergenlarni saqlashi sabab ham, uni bolalarga ham berish mumkin ekan.
Buyrak kasalligidan aziyat chekuvchi insonlarga esa uni iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi.
Malinaning 100 grammi 46 kKalni taskil qilib, 0,8 grammi oqsillar, 0,5 grammini yog’lar va 8,3 grammini uglevodlar tashkil qiladi.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.