Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Kit Kat muzqaymog’i
Bugun sizlarga gapirib beradigan mahsulotimiz sizlarga juda yoqishi aniq. Bugun Nestledan sotuvga qo’yilgan Kit Kat muzqaymoqlari bilan sizlarni ham tanishtiramiz!
Bizlar bundan oldingiz maqolamizda sizlarni Oreo muzqaymoqlari bilan tanishtirgan edik. Bugun esa qarsildoq ta’mli, juda ham mazali Kit Kat muzqaymog’i haqidagi fikrlarimizni bildiramiz.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Bizlar KitKat muzqaymoqlarining ikki xil ko’rinishini ta’tib ko’rdik, bular vaflili va bankachadagi muzqaymoqlardir. Muzqaymoqlarni yeganingizda uning ichidagi qarsildoq sharchalarga ko’zingiz tushadi.
Bunday muzqaymoqlar kechki oila davrasida iste’mol qilishga ham, televizor oldida sevimli serial yoki futbol bo’yicha jahon chempionatini ko’rib yeyishga ham qulay va yoqimlidir. Ayniqsa, uning ichidagi sovg’ali koptokchalari bolajonlarga ham juda yoqadi.
Qadog’i
Bankachadagi KitKat
Мuzqaymoq qopqoqli bankachada qadoqlanilgan bo’lib, qopqog’i osti folgali bo’lib, ochib-yopish juda qulay.
Muzqaymoqning og’irligi 278 grammni tashkil qiladi.
Vaflili KitKat
Vaflili muzqaymoq yelim qog’ozda qadoqlanilgan bo’lib, usti rangsiz plastmassali qopqoq bilan yopilgan.
Og’irligi 76 grammni tashkil qiladi.
Ta’mi
Bankachadagi KitKat
Bankani ochishingiz bilan ko’zingiz shokoladli plombirga tushadi. U shokolad bilan to’yintirilgan ta’mda bo’lib, shirinligi ham me’yorida. Bu muzqaymoq darrov eriydi va shu erigan holatida esa yana ham mazaliroq bo’ladi.
Bunday muzqaymoqni yegandan so’ng og’izda yog’simon ta’m qolmaydi!
Vaflili KitKat
ЗBunda qaymoqli va shokoladli asoslardan tashkil topgan muzqaymoqning o’rtasida, KitKat batonchalari chiqadi. Shokoladli batonchaning borligi sabab ham, vaflili muzqamoq bankalisiga nisbatan shirinroq.
Vaflili muzqaymoqning o’zi ham bizlarga juda yoqdi, mayin, yupqa va shu navbatda qarsildoq.
Tarkibi
Bankachali KitKat
Suv, shokoladli qayla (suv, shakar, patoka, kakao (palma va kakos yog’i), quruq sut, makkajo’xori kraxmali, stablizator, emulgator, aromatizator), shakar, patoka, shokoladli pechenye (shakar, un, kakao yog’i, emulgator (Е472a, soya letsitini), quruq sut, qirilgan kakao, laktoza, quruq sut zardobi, aromatizator (vanilin), glyukoza, palma yog’i, qabartma (natriy karbonat), tuz, sariyog’, sut yog’i o’rnini bosuvchi, quruq sut zardobi, kakao, dekstroza, bo’yoq, emulgator, stablizatorlar, aromatizatorlar.
100 gramm mahsulotning energetik quvvati: 230 kKal bo’lib, 2.6 gramm oqsillar, 11 gramm yog’lar, 29 gramm uglevodlar.
Vaflili KitKat
Suv, vaflisi: un, shakar, kartoshka kraxmali, emulgator, glyukoza, kakos yog’i, shokoladli vafli: shakar, un, kakao, quruq sut, makkajo’xori kraxmali, stablizator, emulgator, aromatizator), shakar, patoka, shokoladli pechenye (shakar, un, kakao yog’i, emulgator (Е472a, soya letsitini), quruq sut, qirilgan kakao, laktoza, quruq sut zardobi, aromatizator (vanilin), glyukoza, palma yog’i, qabartma (natriy karbonat), tuz, sariyog’, sut yog’i o’rnini bosuvchi, quruq sut zardobi, kakao, dekstroza, bo’yoq, emulgator, stablizatorlar, aromatizatorlar.
100 gramm mahsulotning energetik quvvati: 302 kKal bo’lib, 3.3 gramm oqsillar, 14.7 gramm yog’lar, 38.7 gramm uglevodlar.
Qayerdan qancha narxda xarid qilish mumkin
KitKat muzqaymog’ini Korzinka.uz tarmog’idagi supermarketlardan quyidagi narxlarda xarid qilishingiz mumkin:
- Bankachadagi KitKat — 1 donasi 45 365 so’m;
- Vaflili KitKat — 1 donasi 12 315 so’m.
*Korzinka.uz supermarketiga suratga tushirishga ko’maklashganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz!
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.