Peshtaxtalardagi yangi mahsulotlar: Sof sut sariyog’i
Zira.uz har doim yangi mahsulotlarni izlab, ularni siz azizlarga ham yetkazishga harakat qiladi. Bugun Sof Sut nomi ostida o’zimizda ishlab chiqarilgan sariyog’ haqida ma’lumot beradi.
Kundan-kunga o’zimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning ko’payishi, bu albatta quvoonarli holdir. Taassurotlarimiz bilan hoziroq bo’lishamiz.
Qadog’i
Sof Sut sariyog’ining og’irligi 200 gramm bo’lib, yumshoq zar qog’ozda qadoqlanilgan bo’lib, ustida sigir tasvirlangan.
Ishlab chiqarilgan davlat: O’zbekiston Respublikasi
Ta’mi
Qadog’ida yozilganidaek sariyog’ birozgina shirin va yoqimli ta’mda bo’lib, tarkibida tuz mavjud emas. Hidi ham yoqimli.
Tarkibi
Tarkibini faqatgina pasterizatsiyalangan sigir suti qaymog’i tashkil qiladi.
100 gramm mahsulotning ozuqaviy qiymati: oqsillar – 0,6 gr; uglevodlar- 0,8 gr; yog’lar- 82,5 gr
Energetik quvvati: 748,1 kKal
To’g’ri saqlash
+3 °C dan +2 °C gacha bo’lgan haroratda 35 kun, -6 dan +3 haroratda 60 kun, -16 dan +2 haroratda esa 120 kungacha saqlash mumkin.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin
Bizlar Sof Sut sariyog’ini Makro tarmog’idagi supermarketlarda so’m 10 990 so’m narxda xarid qildik*.
Xulosa
Sariyog’ ertalabki nonushta uchun ham, yoki biron bir pishiriq pishirish uchun ham qo’l keladi. Sariyog’ning ta’mi bizning tahririyat xodimlariga manzur keldi.
*Narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.