Peshtaxtalardagi yangi mahsulotlar: «Fermerskoe» sariyog’i
Zira.uz har doim yangi mahsulotlarni izlab, ularni siz azizlarga ham yetkazishga harakat qiladi. Bugun “Fermerskoe” nomi ostida o’zimizda ishlab chiqarilgan sariyog’ haqida ma’lumot beradi.
Bizning e’tiborimizni ustida yozilgan “tabiiy qaymoqli ta’m” degan yozuv o’ziga jalb etdi. Taassurotlarimiz bilan hoziroq bo’lishamiz.
Qadog’i
“Fermerskoe” sariyog’ining og’irligi 200 gramm bo’lib, yumshoq zar qog’ozda qadoqlanilgan bo’lib, ustida sigir va sut sog’ayotgan ayol tasvirlangan.
Ishlab chiqarilgan davlat: O’zbekiston
Ta’mi
Qadog’ida yozilganidaek sariyog’ birozgina shirin ta’mda bo’lib, tarkibida tuz mavjud emas. Hidi ham yoqimli.
Tarkibi
Tarkibini faqatgina yangi qaymoq tashkil qiladi.
100 gramm mahsulotning ozuqaviy qiymati: oqsillar – 0,6 gr; uglevodlar- 0,8 gr; yog’lar- 82,5 gr
Energetik quvvati: 748,1 kKal
To’g’ri saqlash
+3 °C dan +2 °C gacha bo’lgan haroratda 35 kun, -6 dan +3 haroratda 60 kun, -16 dan +2 haroratda esa 120 kungacha saqlash mumkin.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin
Bizlar “Fermerskoe” sariyog’ini Makro tarmog’idagi supermarketlarda 11 990 so’m narxda xarid qildik*.
Xulosa
Sariyog’ ertalabki nonushta uchun ham, yoki biron bir pishiriq pishirish uchun ham qo’l keladi. Sariyog’ning ta’mi bizning tahririyat xodimlariga manzur keldi.
*Narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.