Oy uchun foydali mahsulotlar: Iyun
Mana yoz ham boshlandi, demak bozor rastalari allaqachon yangi meva va sabzavotlar bilan to’ldi. Bu oy uchun foydali bo’lgan mahsulotlardan to’yib iste’mol qiling.
Qovoqcha
Qovoqcha mayin va yoqimli ta’mli sabzavot bo’lib, hozir uning ayni mavsumidir. Qovoqchalardan har xil salatlar, taomlar va kekslar pishiriladi. Undan hatto murabbo ham tayyorlashar ekanlar.
Bu sabzavot ovqat hazm qilish uchun juda foydali bo’lib, metabolizmni normallashtiradi, xolesterinni kamaytiradi va ko’rishga yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Qovoqcha tanani tuz yig’ilishidan tozalaydi, qon bosimini pasayishiga yordam beradi, chunki u peshob haydash ta’siriga ega. Va u deyarli allergiya chaqirmaydi, shuning uchun u odatda bolalar ovqatiga qo’shiladi.
Qovoqning kaloriya miqdori ancha past: mahsulotning 100 grammi 24 kkalni tashkil qilib, unda 0,6 gramm oqsil, 0,3 gramm yog ‘va 4,6 gramm uglevodlar mavjud.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin:
- Korzinka.uz tarmog’idagi supermarketlarda uning kilosini 1 690 so’mga xarid qilish mumkin.
- Qo’yliq bozorida esa ularni 1 500 dan 2 000 so’mgacha narxda sotib olsa bo’ladi.
- Bo’z bozorda qovoqchaning kilosi 2 000 so’m turadi.
- Arba.uz internet sahifasida uning donasi 502 so’m turadi.
Yashil no’xat
Yashil no’xatning hozir ayni payti bo’lgani sabab ham, uni hozir qishga g’amlab qo’ying! Qishda esa uni salat va taomlarga solib, iste’mol qilasiz. Chunki uyda yopilgan no’xatlar baribir mazzaliroq.
No’xatlar ko’p oqsillarni saqlashi sabab ham juda foydali hisoblanadi. Bundan tashqari u o’zida ko’pgina aminakislotalar va vitaminlarni saqlab, ular asab tizimi, immunitet, suyak va bo’g’imlarni mustahkamlab, moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Yashil no’xat qorinni dam qilmaydi.
100 gramm yashil no’xat 73 kkal ni tashkil qilib, ularda 5 gramm oqsil, 0,2 gramm yog’ va 13,8 gramm uglevodlar mavjud.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin:
- Qo’yliq bozorida uning kilosi 4 000 dan 12 000 so’mgacha turadi.
- Bo’z bozorda esa uning kilosi 10 000 so’m turadi.
Gilos
Shirin suvli shirin gilos mazali meva bo’lib, undan mazali sharbat va murabbolar tayyorlashadi. Bular mevali salatlar va pishiriqlarga ham qo’shiladi. Hozir bozorlarda ular juda ko’p, lekin juda tez orada o’z mavsumi tugatadi, shuning uchun bu mazali mevadan bahramand bo’lish uchun shoshiling.
Gilosda shakar, turli mevali kislotalar, vitaminlar va minerallar mavjud. Birinchidan, bu meva qon tarkibini yaxshilashga yordam beradi va qon tomirlarini mustahkamlaydi, ichaklar faoliyatini qo’llab-quvvatlaydi va xolesterinni yo’q qiladi. Shirin gilosning peshob haydash xususiyatlari ortiqcha suyuqlikdan xalos bo’lishga yordam beradi va immunitetni mustahkamlaydi.
100 gramm gilosda 50 kkal bo’lib, 1,1 gramm yog ‘, 0,4 gramm oqsil va 11,5 gramm uglevodlar mavjud.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin:
- Korzinka.uz tarmog’idagi supermarketlarda uning kilosini 9 990 so’mga xarid qilish mumkin.
- Qo’yliq bozoridan esa ularni 6 000 dan 13 000 so’mgacha narxda sotib olsa bo’ladi.
- Bo’z bozorda gilosning kilosi 6 000 so’mdan 14 000 so’m narxda turadi.
- Arba.uz internet sahifasida uning kilosi 8 747 so’m turadi.
O’rik
Pishgan o’rikning shirin, asal hidi bozorlarni o’rab oldi. Siz allaqachon bu mazali mevalarni ta’tib ko’rdingizmi? Bu mevadan kapmot va murabbolar yopish, mazali piroglar pishirish mumkn.
O’rik o’zida juda ko’p minerallar, vitaminlar va tolalarni saqlaydi. Gemoglobinni ko’tarish, qalqonsimon bezni yaxshilash xususiyatlariga ega bo’lib, juda foydali meva hisoblanadi. O’rik mushaklar va yurak-qon tomir tizimini mustahkamlaydi, xolesterinni kamaytiradi, xotira va asab tizimini mustahkamlashga yordam beradi.
100 gramm o’rik 44 kkalni saqlab, 0,9 grammini oqsil, 0,1 grammini yog ‘va 9 grammini uglevodlar tashkil qiladi.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin:
- Korzinka.uz tarmog’idagi supermarketlarda uning kilosini 8 390 dan 12 590 so’mga xarid qilish mumkin.
- Qo’yliq bozoridan esa ularni 3 000 dan 15 000 so’mgacha narxda sotib olsa bo’ladi.
- Bo’z bozorda gilosning kilosi 5 000 so’mdan 14 000 so’m narxda turadi.
- Arba.uz internet sahifasida uning kilosi 14 434 so’m turadi.
Olmalar
Bozor rastalarida allaqachon kichkina, shirin-nordon ta’mli olmachalar sotuvga qo’yilgan. Ularning foydali xususiyatlari haqida ko’pcilikni xabari bo’lsa kerak: olmalar qonning tarkibini yaxshilab, immunitetni ko’taradi, gemoglabinni oshirib, oshqozon-ichak trakti faoliyatini ham yaxshilaydi. Ular o’zida C guruh vitaminlarni saqlashi sabab ham shamollashga qarshi kurashishda yordam beradi.
100 gramm olmalar 47 kKalni tashkil qilib, ulardan 0.4 grammini yog’lar, 0.4 grammini oqsillar va 9.8 grammini uglevodlar tashkil qiladi.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin:
- Korzinka.uz tarmog’idagi supermarketlarda uning kilosini 8 390 so’mga xarid qilish mumkin.
- Qo’yliq bozoridan esa ularni 3 000 dan 15 000 so’mgacha narxda sotib olsa bo’ladi.
- Bo’z bozorda gilosning kilosi 5 000 so’mdan 12 000 so’m narxda turadi.
- Arba.uz internet sahifasida uning kilosi 8 747 so’mdan 9 512 so’mgacha narxda turadi.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.