Peshtaxtalardagi yangi mahsulotlar: Bio Sutdan «Kachotta» pishlog’i
Zira.uz Toshkent savdo shaxobchalarida sotuvga qo’yilgan yangi mahsulotlar bilan sizlarni tanishtirib boradi.
Bizlar bugun sizlarga italyanlarning sevimli pishloqlaridan biri bo’lgan Kachotta pishlog’ining O’zbekistonda Bio Sut tomonidan ishlab chiqarilgan mahsuloti to’g’risida gapirib beramiz.
Kachotta pishlog’i Italiyadagi milliy mahsulotlaridan biri bo’lib, u bir necha xil sutdan tayyorlaniladi. Masalan sigir suti, echki suti va boshqalar. Bunday pishloq 2 haftadan bir oygacha bo’lgan muddatda tayyor bo’ladi.
qadog’i
Pishloq vakumli o’ramda qadoqlanilgan. Bir tomoni rangsiz yelim qog’oz bilan yopilgan bo’lib, undan pishloq ko’rinib turadi. Och sariq rangda bo’lib, u teshikchalarsiz pishloq. O’ramida ozroq suyuqlik mavjud bo’lib, bu tuzli suv ekan.
Ta’mi
Kachotta pishlog’i ta’mi va ko’rinishi bilan ko’proq brinzaga o’xshab ketadi.
Tarkibi
Tarkibi: sigir suti, zardob va tuz. Yog’lilik darajasi – 45%.
Ozuqaviy qiymati: mahsulotning 100 grammini quuyidagilar tashkil etadi: yog’lar – 28 gr; oqsillar – 25 gr.
Energetik quvvati: 380 kKal.
To’g’ri saqlash
Tayyorlanilgan sanasidan boshlab 60 kungacha saqlash mumkin. 4 °C darajadan yuqori bo’lmagan haroratda saqlansin.
Qayerdan sotib olish mumkin
Bu pishloqni Makro tarmog’idagi supermarketlardan kilosini 57 990 narxga sotib olish mumkin.
258 grammli qadog’i 14 961 so’m turadi.*
Xulosa
Yarim yumshoq bu pishloq biroz sho’rroq ta’mda bo’lib, o’zini yeyishga ham, salatlarga solishga ham as qotadi. Ayniqsa uni feta pishlog’i o’rnida ishlatsangiz ham bo’ladi, chunki u sabzavotlar bilan yaxshi kirishadi.
*Narxi manba chop eti;gan vaqtgagina amal qiladi.