Bulg’ur to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar
Bugun sizlarga bulg’ur yormasi, uning foydali xususiyatlari va ozishdagi ahamiyati haqida gapirib bermoqchimiz.
Bulg’ur nima
Bulg’ur sariq, tillarangdagi bug’doy bo’lib, uni Toshkentning bozor rastalarida uchratish mumkin. Bu mahsulotni tayyorlash jarayoni anchagina qiyin hisoblanar ekan. Bulg’ur tayyorlash uchun avval bug’doyni qaynatib, keyin quritishar ekan, undan so’nggina po’chog’idan tozalashar ekanlar. So’ng maydalashadi.
Bulg’urning foydali tomonlari
Bugun, ozish urfga aylangan bir paytda, ko’pchilik o’z e’tiborini donli mahsulotlarga qaratmoqda. Ular foydali va to’yimli bo’lib, bulg’ur ham shu qatorda. Uni avvalambor, ozishni xohlovchilar iste’mol qilishadi.
Qaynatilgan bulg’urning 100 grammi 83 kKalni tashkil qilib, ulardan 3.1 grammini oqsillar, 0.2 grammini yog’lar va 14.1 grammini uglevodlar tashkil qiladi.
Taqqoslaganda, qaynatilgan guruchning 100 grammi 116 kKalni tashkil qilib, 2.2 grammini oqsillar, 0.5 grammini yog’lar a 24.9 grammini uglevodlar tashkil qiladi.
Bulg’ur qaynatilgan holatida ham foydali bo’lib, u yog’larni parchalaydi, qon-tomirlarni mustahkamlaydi, qondagi shakar miqdorini kamaytiradi, asab tizimini normallashtiradi va shu bilan birga shamollashga qarshi kurashishga ham yordam beradi.
Bulg’urni iste’mol qilish kimlarga tavsiya qilinmaydi
Shuni unutmaslik kerakki bulg’ur bu bug’doy bo’lib, uning tarkibida glyuten mavjud. Agarda siz allergiyadan aziyat cheksangiz yoki glyutenni qabul qila olmasangiz, unda bu donni iste’mol qilishni tavsiya qilmaymiz. Oshqozon-ichak kasalliklariga chalinganlar ham uni ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilishlari kerak bo’ladi.
Qizil, qo’ngir va tillarang bulg’urlarning farqi
Toshkentdagi bozor rastalaridan bir necha xildagi bulg’urlarni uchratishingiz mumkin, lekin ular orasida eng xaridorgiri esa tillarang bulg’ur hisoblanadi.
Bulg’urni to’g’ri saqlash
Qayta ishlanilganligi sabab ham, bulg’ur uzoq muddatgacha yaxshi saqlanadi.
Pazandachilikda bulg’urning o’rni
Bulg’ur qovurilganda undan taraladigan yong’oqli ta’mi bilan ko’pchilikka yoqadi. Bulg’urni quyida bir necha usulda tayyorlash mumkin:
- bulg’urni yog’ solingan tovada yong’oqsimon hid chiqquniga qadar qovuring, so’ng ustidan suv yoki bilyon solin, soladigan suvingiz bulg’urdan ikki marotaba ko’proq bo’lsin. Pishgunicha taxminan 15 daqiqa qaynating.
- qovurmasdan pishirish ham mumkin: bulg’ur ustidan ikki karra ko’proq suv soling va qaynash darajasiga keltiring, so’ng olovni pasaytirib, 12-15 daqiqa davomida pishiring.
- o’rtacha yoki kichik hajmdagi bulg’urlar hatto pishirishni ham talab qilishmaydi: shunchaki bulg’ur ustidan qaynoq suv quyib, 20 daqiqaga qoldiring.
Bulg’urdan tayyorlaniladigan eng ommabop yegulik bu Tabule salati bo’lib, juda mazali ta’mda chiqadi. Bulg’urni ko’pincha guruch o’rnida ham taomlarga solishadi.
Bulg’ur yaxshi kelishadi:
- tovuq go’shti
- mol go’shti
- va baliq go’shti bilan.
Quyidagilarga to’g’ri keladi:
- sho’rva
- pirog asoslari
- qiymalarga, masalan do’lmalarga.
Bulg’ur bilan yaxshi ketadigan ziravorlar:
- timyan
- rozmarin
- mayoran
- kardamon
- dolchin
- qalampirmunchoq.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.