Yeguliklar uchun chiroyli qutichalarni o’zimiz tayyorlaymiz
Hozir tabiat qo’yniga chiqib oilaviy, do’stlar davrasida dam olishlarning hozir ayni fursati. Bunday vaqtda dasturxoningizga ko’rk bag’ishlovchi, sneklar uchun o’zimiz yasagan qadoqlar ortiqchalik qilmaydi.
Bizlar buning uchun ikki xil qadoqlar yasashga qaror qildik: stakancha va konvertlar. O’zingizga yoqqan bittasini tanlab, bizlar bilan birga tayyorlang.
Shunday qilib, bizga quyidagilar kerak bo’ladi:
- rangli printer
- qog’oz
- qaychi
- yelim
1-qadam
Rasmi tushirilgan fayllarni yuklab oling va rangli printerdan chiqaring:
Stakanchalar: Red/ Beige / Stripes
Konvertlar: Lemon / Fries
2-qadam
Qirqib oling va ko’rsatilgan joylarini buklang.
3-qadam
Kkonvertlarni avval chetki qismini, keyin esa tagini yelimlang. Stakanchalarni avval ostini, so’ng esa chetlarini yelimlang.
Yegulik uchun ajoyib idishchalar ham tayyor. Ichiga xohlagan meva, pechenye yoki shirinliklaringizni soling. Dam olish kuninggiz yanada rang-barang o’tsin!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.