Peshtaxtalardagi qiziqarli ma’lumotlar: EPICA bouquet yogurtlari
Bugun qiziqarli mahsulotlar bo’limimizda bizlar EPICA bouquet yogurtlari haqida ma’lumot berib o’tamiz.
Savdo shaxobchalarini aylanib yurganimizda, bizlar o’z e’tiborimizni eng qiziqarli mahsulotlarga qaratishga, ular haqida siz azizlarga ko’proq ma’lumot berishga harakat qilamiz.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Qadog’i
Epica bouquet yogurtlari 130 grammli, plastik idishchalarda qadoqlanilgan bo’lib, usti zar qog’oz(folga) bilan yopilgan. Yogurt qaysi meva qo’shib tayyorlanilganiga qarab, ustida shu meva rasmi aks ettirilgan. Bu yogurtlarning boshqalaridan farqi shundaki, ularning har birida meva bilan mos keluvchi gullardan ham foydalanishgan.
Ta’mi
Bizlar bugun EPICA bouqet yogurtlarining faqatgina 3 xil ta’mlisidan totib ko’rdik, bular: qulupnay-atirgul, golubika-lavanda va shaftoli-jasminli. Mayin yogurt ta’mda bo’lib, meva bo’lakchalari bilan boyitilgan. Gullar bilan boyitilganligi sabab ham, ta’mi o’ziga xos.
Tarkibi
Biz bu yogurtlarning 3 xilidan sotib oldik va hozir ularning har birini tarkibini batafsil yozib o’tamiz.
Qulupnay-atirgulli yogurt tarkibi: yog’sizlantirilgan sut, «atirgul ekstrakti bilan qulupnay» to’ldirgichi, shakar, qulupnay, suv, makkajo’xori kraxmali, quyuqlashtirgich, to’yingan limon sharbati, atirgul ekstrakti, qaymoq, yogurt achitqisi.
Golubika-lavanda ekstraktli yogurt tarkibi: yog’sizlantirilgan sut, «lavanda ekstrakti bilan golubika» to’ldirgichi, shakar, golubika, suv, makkajo’xori kraxmali, quyuqlashtirgich, to’yingan limon sharbati, lavanda ekstrakti, qaymoq, yogurt achitqisi.
Shaftoli-jasmin ekstraktli yogurt tarkibi: yog’sizlantirilgan sut, «jasmin ekstrakti bilan shaftoli» to’ldirgichi, shakar, qulupnay, suv, makkajo’xori kraxmali, quyuqlashtirgich, to’yingan limon sharbati, atirgul ekstrakti, qaymoq, yogurt achitqisi.
100 gramm mahsulotning ozuqaviy qiymati:
yog’lar – 4,8 gr; uglevodlar – 13,3 gr; oqsillar – 5,7
Energetik quvvati: 120 kKal
Qanday saqlash kerak
Mahsulotni 2 °C dan 6 °C bo’lgan haroratda saqlash kerak. Mahsulot ochilgandan so’ng darhol iste’mol qilinishi kerak.
Ishlab chiqarilgan mamlakat: Rossiya Federatsiyasi
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin
Korzinka.uz tarmog’idagi supermarketlarda bu pishloq 7 890 so’m narxda turadi.
Xulosa
Toshkent savdo shaxobchalari peshtaxtalariga sotuvga qo’yilgan yangi yogurtlar o’zining o’zgacha ta’mi bilan boshqalaridan farq qiladi. Epica Bouqet yogurtlari ta’mi havaskorlar uchun.
*mahsulot narxi maqola chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.