Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: TM Sherindan Shirintoy bolalar sosiskalari
Bugun qiziqarli mahsulotlar bo’limimizda bizlar Sherindan sotuvga chiqarilgan Shirintoy bolalar sosiskalari haqida ma’lumot berib o’tamiz.
Tayyor kolbasa va go’sht mahsulotlari ko’pchilikning nonushtasi bo’lib, ularni to’g’ri tanlash albatta katta ahamiyatga ega.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Qadog’i
Sherindan Shirintoy sosiskalari rangsiz yelim qog’ozda qadoqlanilgan bo’lib, ustiga rangli qog’oz yopishtirilgan va u haqida to’liq ma’lumot keltirilgan.
Ta’mi
Shirintoy – bolalar sosiskalari ortiqcha ziravorlarsiz, tuzi me’yorida bo’lib, yoqimli ta’mga ega.
Tarkibi
Mahsulot qadog’ida uning tarkibi ham yozib qo’yilgan bo’lib, ular: mol go’shti, parranda go’shti, oqsil, sariyog’, quruq sut, tuxum, tuz, ziravorlar, natriy nitriti.
100 gramm mahsulotning ozuqaviy qiymati:
yog’lar – 15,6 gr; uglevodlar – 1,6 gr; oqsillar – 23,9.
Energetik quvvati: 285 kKal
Saqlash sharoiti va yaroqlilik muddati:
Mahsulotni 2 °C dan 6°C nisbiy namlik 75-78 % bo’lganda ko’pi bilan 20 kecha-kunduzgacha saqlash mumkin.
Ishlab chiqarilgan mamlakat: O’zbekiston Respublikasi
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin
Korzinka.uz tarmog’idagi supermarketlarda 17 590 so’m narxda turadi*
Xulosa
Shirintoy sosiskalari juda xushta’m bo’lib, ziravorlar me’yorida solingan. U davlat standarti asosida, hech qanday qo’shimchalar solinmasdan tabiiy mahsulotlardan tayyorlanilgan bo’lib, bolalarga 3 yoshdan boshlab berish tavsiya qilinadi. Qaynatishda ular yorilib ketmaydi. Bolalarga berishga yaxshi mahsulot.
*mahsulot narxi maqola chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
2 Sharhlar Hide Comments
Izohingizni yozib qoldiring
Izoh qoldirish uchun tizimga kirishingiz kerak.
Feta pishlog’I bilan almashtirib yuborilibdiku
Assalomu aleykum! Go’zal, e’tiboringiz uchun rahmat. Xatolarni to’g’irlab qo’ydik.