Tuxum to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar
Bugun Zira sizlarga tuxum to’g’risida siz bilgan va bilmagan ko’pgina qiziqarli ma’lumotlarni taqdim qiladi. Salmonella kabi xavfli bakteriyalarni yuqtirmaslik uchun ham maqolamizni oxirigacha o’qib chiqing.
Tuxumning rangi ahamiyatga egami?
Siz biron marta qanday tuxumdan sotib olsam ekan, oqmi yoki qo’ng’ir ranglisidanmi deb o’ylab ko’rganmisiz? Aslida ularning ikkisi ham birdek foydali. Ularning bunday farqlanishi aslida tovuqga bog’liq: oq rangli tovuqlar oppoq tuxum qo’ysa, qolgan qora, sariq va boshqa rangdagilari esa qo’ng’ir tuxum qo’yadi. Qo’ng’ir rangli tuxumning po’stlog’i oqiga nisbatan qalinroqligi sabab ham uzoqroq saqlaniladi.
Och va to’q’ ranglardagi tuxum sariqlari, farqi nimada?
Ko’pchilikning fikricha tuxum sarig’ining sap-sariq yoki to’q tillarangda bo’lsa, u foydali, och sariq ranglisi esa foydasiz. Ammo, afsuski unday emas: Barcha tuxumlarning rangi va hajmidan qat’iy nazar ularning foydasi bir xil. Tovuqning yemagi tuxum rangiga o’z ta’sirini o’tkazadi: u qanchalik ko’p makkajo’xori va o’t-o’lanlar iste’mol qilsa, tuxum rangi ham shunchalik to’q bo’ladi.
Nima uchun tuxum oqi to’q xira rangda bo’ladi?
Yangi tuxum oqida karbonat angidridning miqdori ko’p bo’lib, shu sabab ham yangi tuxumlar to’q xira rangda va quyuqroq bo’ladi. Eskirgan tuxumlar oqining rangi esa tiniqroq va suyuqroq bo’ladi. Agar siz beze pishirmoqchi bo’lsangiz shuni bilib olingki, yangi tuxumlarning oqi uzoqroq vaqtda ko’piradi, ammo o’tirib qolmaydi.
Tuxumni qanday to’g’ri saqlash mumkin?
Tuxum saqlashda ba’zi bir narsalarga e’tibor qaratish lozim bo’ladi. Tuxum po’stlog’i yupoqaligi sabab ham, uni sovutgichda o’tkir hidli mahsulotlar bilan yonma-yon saqlash tavsiya qilinmaydi. Tuxumlarni yaxshisi +4 С haroratda saqlang. Bundanda yuqoriroq haroratda tuxumda bakteriyalar ko’payib, uni tez aynib qolishiga sabab bo’lishi mumkin.
Tuxumning o’tkirroq uchlisini pastga qilib joylashtiring. O’tmasroq tomonida havoning sal ko’proqligi uchun ham tuxumlar «nafas oladi» va uzoqroq m uddatgacha saqlaniladi.
Tuxum nimasi bilan foydali?
Tuxum o’zining oziqlantiruvchi xususiyatlari bilan juda foydali bo’lib, tuxum oqi organizmda yaxshi hazm bo’ladi. Tuxum sarig’i esa vitamin va minerallarga boy bo’lib, bundan tashqari ular 20 dan ortiqroq antioksidantlarni o’zida saqlaydi. Bular esa ko’rish qobilyati, asab va qon-tomir tizimlarida juda ham foydalidir.
Qaysi biri foydaliroq – bedana tuxumimi yoki tovuq tuxumimi?
Ozuqaviy qiymati jihatidan tovuq tuxumlari birinchi o’rinda turadi. Bedana tuxumlari ko’proq yog’larni saqlaydi va kaloriyasi ham kuchliroq, ammo oqsil va uglevodlar kamroqdir. Quyida o’zingiz taqqoslab ko’ring:
100 gramm tovuq tuxumlari 12.7 oqsillarni, 11.5 gramm yog’larni, 0.7 gramm uglevodlarni saqlab 157 kKalni tashkil qiladi.
100 gramm bedana tuxumlari esa 11.9 gramm oqsillarni, 13.1 gramm yog’larni, 0.6 gramm uglevodlarni saqlab, 168 kKalni tashkil qiladi.
Bedana tuxumida A guruh vitamini 2 karra, magniy esa 3 karra ko’proqdir.
Salmonelle nima va u qayerdan paydo bo’ladi?
Balki siz salmonelle ya’ni kuchli zaharlanishni chaqiruvchi bakteriya to’g’risida hali hech narsa bilmasiz. U yosh bolalar, qariyalar va kuchsiz immunitetili insonlarda og’ir kechadi.
Virus tuxumga kasallangan tovuq orqali o’tadi. Avval bakteriyalar faqatgina po’stlog’ning o’zida bo’lib, 3 kundan so’nggina tuxum ichiga o’tadi.
Albatta, hamma tuxumlar ham salmonella bilan zararlanmagan. Chunki ishlab chiqaruvchilar muntazam ravishda tekshirib, gigiyenik talablarga rioya qilinishini ta’minlab borishadi.
Salmonelladan qanday ehtiyot bo’lish mumkin?
Kasallangan yoki sog’lom tuxumlarni faqatgina labaratoriyada tekshirish yo’li bilangina aniqlasa bo’ladi. Quyidagilarga rioya qiling va bu bakteriyalardan o’zingizni ehtiyot qilishingiz mumkin:
- tuxumlarni tanlashda, tozaligiga, hech qanday dog’lari yo’qligiga ahamiyat bering
- yorilgan tuxumlarni ishlatmang: yoriqlar orqali nafaqat salmonelle, balki boshqa bakteriyalar ham o’tadi
- tuxumlarni saqlashga ahamiyat qarating: ko’chada havo qanchalik issiq bo’lsa, bakteriyalar ham shunchalik tez ko’payadi. ЛYaxshisi, salqin joyda saqlanilgan tuxumlardan sotib olish ma’qulroqdir
- tuxumlarni iliq suvda, xo’jalik sovuni yordamida yaxshilab yuving
- tuxumlarni yuvgandan so’ng, qo’llaringizni ham yuvishni unutmang
- tovuqning sog’lomligiga ishonchingiz komil bo’lmasa, unda xom tuxumlarni iste’mol qilmang
- tuxumlarni qanday pishirish kerak: salmonella faqatgina yuqori haroratda nobud bo’ladi. Shifokorlar tuxumni , а яичницу обжаривать с двух сторон. Конечно, долгая готовка имеет свои минусы: в яйцах daqiqadan kam bo’lmagan vaqtda qaynatishni, qovurganda esa ikki tomonidan ham qovurib olishni tavsiya qilishadi. Ammo bunday tayyorlashda, tuxumlardagi barcha vitaminlar ham halok bo’ladi.
Salmonella bedana tuxumlarida ham uchraydimi?
Ko’pchilik bedana tuxumlari salmonella bakteriyasi bilan zararlangan deb o’ylaydi. Ammo bu unday emas, bedanalar ham bu bakteriyalarga chalinadi, ammo tovuqlarga qaraganda juda kam. Shuningdek, bedana tuxumlari po’stlog’idan salmonella bakteriyasi o’tishi qiyinroq.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.