Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Vita Boom – shokoladli pastasi

Bugun bizlar o’zimizda ishlab chiqarilgan yangi mahsulot – Vita Boom quritilgan mevalar qo’shib tayyorlanilgan shokoladli pastasini o’rganib chiqdik.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Qadog’i
Bu yangi mahsulot plastik idishda qadoqlangan bo’lib, ustidan karton qog’oz bilan o’ralgan. Ustida mahsulot to’g’risida to’liq ma’lumot yozilgan. Bunday idishdagi mahsulotlar 270 grammni tashkil qiladi.
Tarkibi
Mahsulot quyidagilardan tarkib topgan: shakar, o’simlik yog’i, yog’sizlantirilgan kakao, quruq sut, laktoza, quruq zardob, soya letsitini, mayiz, yong’oq, funduk, bodom va keshyu. Bu shokoladli pasta cho’chqa va palma yog’i, sun’iy bo’yoqlar va qo’shimchalar mavjud emas.
Ozuqaviy qiymati
100 gramm mahsulot quyidagilarni tashkil qiladi: oqsillar – 6,8 gr, yog’lar – 31,0 gr, uglevodlar – 56,0 gr.
Energetik quvvati: 530 kKal
To’g’ri saqlash
Mahsulot ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 6 oygacha saqlanadi. Shokoladli pastani sovutgichda yoki quyosh nuri tushmaydigan salqin joyda saqlash kerak.
Ta’mi
Mahsulotdagi shokolad sutli ta’mda bo’lib, unda yong’oqlarni ayamay ishlatishgan. Shokoladli pasta o’rtacha shirinlikda bo’lib, darrov me’daga tegib qolmaydi.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin
Makro tarmog’idagi supermarketlarda Vita Boom shokoladli pastasi – 15 700 so’m turadi.*
|O’rikzor bozorida esa – 13 000 so’m turadi.*
Xulosa
Shokopladli pasta ajoyib shirinlik bo’lib, ixchamgina qadog’i esa saqlash va iste’mol qilishda juda qulay. Bu mahsulotni allergiyasi bor insonlar ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilishlari kerak.
*Mahsulot narxlari manba chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.