Oy uchun foydali mahsulotlar: Aprel
Mana hash-pash deguncha bahorning birinchi oyi ham o’tdi. Zira bugun sizlarga aprel oyida iste’mol qilsa bo’ladigan mahsulotlar haqida gapirib beradi.
Tuxum
Tuxum juda foydali, oqsilga boy mahsulotlardan biri bo’lib, uni iste’mol qilishda bizni har doim bitta savol qiynaydi: «tuxumni har kuni iste’mol qilish mumkinmi?»Xalqaro ekspert Keri Gansning aytishicha, sog’lom odam bir kunda 2 ta tuxum iste’mol qilishi mumkin ekan. Bunda qondagi xolesterin miqdori oshib ketmaydi va semirishga ham yo’l qo’yilmaydi, organizm vitaminlar bilan to’yinadi.
100 gramm xom tuxum 157 kKal ni tashkil qiladi, 12.7 gramm oqsillar, 10.9 gramm yog’lar va 0.7 gramm uglevodlar.
Qaynatilgan tuxumning 100 grammi 160 kKal ni tashkil qiladi, 12.9 gramm oqsillar, 11.6 gramm yog’lar va 0.8 gramm uglevodlar.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin:
- Korzinka.uz tarmoqlaridagi supermarketlarda tovuq tuxumlari donasi 415 so’mdan 1 390 so’mgacha (uy tuxumlari); bedana tuxumlari donasi esa 399 so’m turadi.
- Makro tarmoqlaridagi supermarketlarda tovuq tuxumlari donasi 550 so’mdan 695 so’mgacha ; bedana tuxumlari donasi esa 352 so’m turadi.
- Arba.uz internet do’konida tovuq tuxumlari donasi 495 so’mdan 599 so’mgacha; bedana tuxumlari donasi esa 340 so’m turadi.
- Bo’z bozorida tovuq tuxumlari donasi 350 so’mdan 800 so’mgacha; bedana tuxumlari donasi esa 350 so’m turadi.
Xamirturush
Xamirturushlarsiz biz taomlar-u pishiriqlarimizni tasavvur qila olmasak kerak. Pishirgan nonlarimiz ham shishishi uchun ham yaxshi xamirturushdan foydalanishimiz kerak. Xamirturushlarning saqlash muddati 2 yildan oshmasligi kerak.
Xamirturushdan tayyorlanilgan «opara» 15-20 daqiqa ichida ko’tarilishi kerak. Agar bunday bo’lmasa, unda boshqatdan opara tayyorlashingizga to’g’ri keladi, chunki bunday oparadan pishiridigan pishirig’ingiz yaxshi chiqmaydi.
100 gramm xamirturush 325 kKalni tashkil qiladi, 40.44 gramm oqsillar, 7.61 gramm yog’lar, 14.32 gramm uglevodlar.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin:
- Korzinka.uz tarmoqlaridagi supermarketlarda quruq xamirturushlarni 1 590 so’mdan 22 990 so’mgacha xarid qilish mumkin.
- Makro tarmoqlaridagi supermarketlarda quruq xamirturushlarni 2 690 so’mdan 21 590 so’mgacha xarid qilish mumkin.
- Arba.uz tarmoqlaridagi supermarketlarda quruq xamirturushlarni 3 790 so’mdan 21 790 so’mgacha xarid qilish mumkin.
- Bo’z bozorida quruq xamirturushlarni 1 000 so’mdan 23 000 so’mgacha narxda xarid qilish mumkin.
Yangi kartoshkalar
Yangi uzilgan kartoshkalar allaqachon sotuvda bo’lib, ulardan ajoyib taomlar va salatlar tayyorlashning ayni fursati.
Bunday kartoshkalarda yog’lar juda kam bo’lib, xolesterin esa umuman yo’q. Yangi kartoshkalar oddiy kartoshkaga nisbatan kamroq kaloriyani tashkil qilishi sabab ham, parhez tutuvchilarga ham bunday kartoshkadan iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
100 gramm yangi kartoshkalar 61 kKalni (oddiy kartoshkalar esa – 77 kKal), 2.4 gramm oqsillar, 0.4 gramm yog’lar va 12.4 gramm uglevodlar.
Qayerdan qanchaga sotib olish mumkin:
- Korzinka.uz tarmog’laridagi supermarketlarda uning kilosi 9 590 so’m turadi.
- Makro tarmog’laridagi supermarketlarda uning kilosi 9 990 so’m turadi.
- Arba.uz internet sahifasida esa u 11 290 so’m turadi.
- Bo’z bozorda kartoshka kilosi 10 000 dan 12 000 so’mgacha turadi.
Yangi uzilgan karam
Yangi uzilgan karam juda ham foydali bo’lib, u o’zida ko’pgina vitamin vs minerallarni saqlaydi. Shuningdek unda saxaroza va kraxmalning kamligi sabab, qandli diabetga chalingan bemorlarga ham iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
Qomatiga e’tibor beruvchilar uchun karam ayni muddaodir.
100 gramm karam 27 kKal ni tashkil qilib, undan, 5.47 grammi oqsillar, 0.09 grammi yog’lar va 5.21 grammi uglevodlar tashkil qiladi.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin:
- Korzinka.uz tarmog’laridagi supermarketlarda yangi uzilgan karamning kilosi 2 490 so’m turadi.
- Makro tarmog’laridagi supermarketlarda esa u 2 490 so’m turadi.
- Arba.uz internet sahifasida esa 2 390 so’m turadi.
- Bo’z bozorda esaт 3 000 dan 4 000 so’mgacha turadi.
Qulupnay
Aprelda qulupnaylar mavsumi boshlanib, bu mavsum uzoq davom etmasligi sabab vaqtida qulupnaylardan yeb olish kerak. Qulupnay yurak va qon-tomir tizimiga yaxshi ta’sir ko’rsatib, teri rangini yaxshilaydi. Qulupnay ovqat hazm qilishni ham yaxshilab, uning 88 %i suvdan tashkil topganligi sabab ham, u parhezbop mahsulot sanaladi.
Qulupnayni qatiq, kefir va tvoroglarga qo’shib iste’mol qiling, yoki qishda iste’mol qilish uchun muzlatib qo’ysangiz ham bo’ladi.
100 gramm qulupnay 33 kKal ni tashkil qiladi, ulardan, 0.7 grammi oqsillar, 0.3 grammi yog’lar va 8 grammi uglevodlar.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin:
- Korzinka.uz tarmoqlaridagi supermarketlarda qulupnayning kichkina qadog’i 11 990 so’m turadi.
- Bo’z bozorda esa qulupnay kilosi 70 000 dan 100 000 so’mgacha narxda turadi.
- Oloy bozorida esa quluonayning kilosi 100 000 so’m turadi.
Dovuchcha
Bahorda dovuchchalar chiqadi. Dovuchchalar – bolalar va homilador ayollarning eng sevimli mevasi desak adashmaymiz.
Dovuchcha С va Р guruh vitaminlariga, mineral va foydali moddalarga boydir. U qon bosimini tushirib, ishtahani ochadi.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin:
- Korzinka.uz tarmoqlaridagi supermarketlarda dovuchcha kichkina qadog’i 11 900 so’m turadi.
- Arba.uz internet do’konida esa 24 900 so’m turadi
- Bo’z bozorida 19 500 dan 25 000 so’mgacha turadi.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.