Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulot: «Sochnaya dolina – minyonlar» sharbatlari
«Sochnaya dolina» savdo belgisi yaqindagina yangi, yorqin ko’rinishdagi sharbatlarni sotuvga chiqardi. Tabiiyki, qiziqqon Zira bu mahsulot bilan ham qiziqdi va undan sotib olib tekshirdi.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishdik
Qadog’i
«Sochnaya dolina» sharbatlari avvalambor o’zining yangicha qadoqli mahsulotini sotuvga chiqardi. 125 ml li kichkina idishlarda qadoqlanilgan, ko’pchilikka manzur multfilm qahramonlari – minyonlar surati aks ettirilgan. Bu yangi mahsulot 5 xil ta’mdagi ko’rinishlarda bo’lib: 100 % tabiiy olma, shaftoli, o’rik, olcha, shuningdek banan qo’shilgan multivali sharbatlardan tayyorlanilgan.
Tarkibi
Olmali sharbat
Tarkibi: to’yingan olma sharbati, iste’mol suvi, shakarsiz.
Ozuqaviy qiymati: 100 gr mahsulot quyidagilarni saqlaydi – 11,2 г, energetik quvvati – 45 kKal.
Multifrukt nektari
Tarkibi: quyqali multimevalar, sterillanagn o’rik, olma va banan pyuresi, shakar, limon kislotasi, ichimlik suvi. Meva sharbati 50% dan kam emas.
100 gr nektarning ozuqaviy qiymatiа: uglevodlar -12 gr, energetik qiymati – 48 kKal.
Shaftoli nektari
Tarkibi: shaftoli pyuresi, shakar, limon kislotasi, ichimlik suvi. Meva sharbati 50% dan kam emas.
100 gr nektarning ozuqaviy qiymatiа: uglevodlar -12 gr, energetik qiymati – 48 kKal.
Olcha nektari
Tarkibi: olcha pyuresi, shakar, limon kislotasi, ichimlik suvi. Meva sharbati 50% dan kam emas.
100 gr nektarning ozuqaviy qiymatiа: uglevodlar -12 gr, energetik qiymati – 48 kKal.
Ta’mi
Barcha sharbatlar yoqimli ta’mga ega bo’lib, sharbatlar tindirilmagan.
Qanday va qancha muddat saqlash mumkin
Sharbatlarni +25°C dan yuqori bo’lmagan salqin, quyosh nuri tushmaydigan joyda saqlash kerak. Ochilgandan so’ng esa bir kecha-kunduzda iste’mol qilish kerak.
Narxi
«Сочная Долина-MINIONS» sharbatlari – 1000 so’m turadi.
Xulosa
Bu sharbatlarning tashqi ko’rinishi, sevimli multfilm qahramoni bilan bezatrilganligi sabab bolalarga yoqsa, hajmining kichkina va qulayligi bilan ota-onalarni ham albatta xursand qiladi.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.