Mahsulotlarni ko’zdan kechirish: sut
Zira bugun sizlarga sut va uni to’g’ri saqlash, qayerdan qaqncha narxga sotib olish va sotib olayotganda nimalarga e’tibor berish shartlari haqida gapirib beradi.
Barchamizga qiziq bo’lgan bu mavzuda biz Musaffo savdo belgisi ishlab chiqarish bo’yicha direktor o’rinbosari, experti – Serger Vshivkov bilan suhbat olib bordik.
O’zbekistonda sutning qanday turlari mavjud va ularning bir-biridan farqi?
Savdo shaxobchalari va bozorlarga borib siz faqatgina 3 xil : sterillangan, pasterizatsiya qilingan va yangi sog’ilgan sigir suti.
Sterillangan sut
Do’kon peshtaxtalarida bizlar ko’proq shunday mahsulotni uchratamiz. Ular bakteriya va mikroorganizmlardan butunlay tozalanib, sterillangan idishlarda qadoqlanilgan. Sutni sterillash ikkta bosqichda amalga oshiriladi: avval uni pasterizatsiya qilishadi – tezda 80 darajada qizdirishadi, so’ng esa tezda sovutishadi.
Ikkinchi bosqichda esa sutni qadoqlashdan oldin yana juda tez qizdiriladi: qizdirish harorati 140 darajaga yetkaziladi, so’ng tezda harorat tushiriladi. Qizdirishning juda ham tezligi sabab sutdagi vitamin va minerallar saqlanib qoladi, zararli bakteriyalar esa halok b o’ladi.
Pasterizatsiya qilingan sut
Bunday turdagi sutni kamdan-kam uchratishimiz mumkin. Gap shundaki, buday turdagi sutlarni qizdirish faqatgina birinchi bosqichda amalga oshiriladi – birdan 80 darajagacha qizdiriladi. Buning oqibatida sut o’zidagi mikroflorani saqlab qoladi va bunday sutlar juda tez aynib qoladi.
Sterillangan sutlarni 6 oygacha saqlash mumkin bo’lsa, pasterizatsiya qilingan sutlarni esa sovutgichda faqatgina bir necha kungacha saqlash mumkin bo’ladi.
Sog’ilgan sigir suti
Bunday sutni bilmaydigan odam bo’lmasa kerak. Ayniqsa, ko’p qavatli uylar atrofida ertalab, sut sotuvchilarning vozlaridan uyg’onib ham ketamiz. Ko’pchilikning fikricha bunday sutlar, do’kondagi sutlarga nisbatan tabiiy va foydalidir. Kelinglar, bugun bu fikr qanchalik to’g’ri yoki noto’g’riligiga oydinlik kiritamiz.
Sut sotuvchilarning sutni uyingizgacha olib kelishi bu juda ham qulay albatta. Bundan tashqari bunday sutlar do’kondagi qadoqlangan sutlardan ko’ra ancha arzonligi bilan farq qiladi.
Lekin bunday sutlarning minus tomonlari, biz o’ylaganimizdan ham ko’proq. Sog’ilgan sutlarni sotib olishdan avval, bir o’ylab ko’ring: sigirlar qanday sharoitda boqiladi, sutni qanday sog’ib saqlashadi?! Sutning sifatiga u solingan idishlar ham ta’sir ko’rsatadi.
Sergey Vshivkovning gaplariga qaraganda, xom sut saqlaniladigan harorat 6 dan oshmasligi kerak: biroz yuqori bo’lgan haroratda esa bakteriyalar tezda ko’payib, sut darrov achib qoladi. Sut sog’uvchi fermerlar bu qoidalarga amal qilishlari esa aniq emas.
Yana bir minus tomoni – sutni qaynatish shartligidа. Xom sutni ichish mumkin emas, uni albatta qaynatib olish kerak. Qaynatish jarayoni esa barcha zararli bakteriyalarni o’ldirib, ul;ar bilan birga vitamizn va minerallar ham halok bo’ladi. Qaynatilgan sutda ba’zi bir mikroelementlar saqlanib qoladi, bizning organizmga kerakli oqsil esa umuman yo’qoladi.
Qiziqarli fakt: sog’ilgan xom sutning 1 millilitrida 1 dan 25 milliongacha bakteriyalar mavjud ekan. Sutni pasterizatsiya va sterillizatsiyalashdan so’ng esa 1 millilitr sutda 10 donagacha bakteriyalar saqlanib qolar ekan.
Sergey bizlarga sutni yangi sog’ilgandek saqlashga xizmat qiluvchi, fermerlarlarning bir hiylasi haqida gapirib berdi. Sutga ammiak, kauchuk yoki iste’mol sodasi solinishi ham mumkin, suv bilan aralashtirishlarini esa gapirmasa ham bo’ladi.
Qadoqlangan sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar har doim sutlar ustida turli-tuman tajribalar o’tkazib sutni muntazam tekshirib borishadi. Bozordan yangi sog’ilgan sut mahsulotlariga esa hech kim kafolat bermaydi.
Yog’li va yog’siz sut – qaysi biri foydaliroq?
Qadoqlangan sut olishda bizni shi fikr o’ylantirib qo’yadi: nechi foizli yog’lisidan xarid qilsam ekan?Ularning barchasining foydaliligi bir xil. Agarda sutning yog’liligi 1% li yoki undan yuqori bo’lsa, yog’ni o’zlashtiruvchi vitaminlar (kalsiy, A, E va D guruh vitaminlari) organizmda yaxshi o’zlashtiriladi. Shuning uchun ham o’zingizga yoqqan ta’mlisidan xarid qilavering.
Toshkentdagi savdo shaxobchalarida qaysi sut mahsulotlari keng tarqalgan?
Sergeyning fikricha, bu yerda ko’pchilik bozor sutlaridan sotib oladi – balki narxi sabab. Ikkinchi navbatda esa – пqadoqlangan o’rtacha yog’li sutlardan xarid qilishadi. Yil fasliga qarab sutning turlariga bo’lgan ehtiyoj o’zgarib boradi: masalan qishda ko’proq yog’li sutlardan olishsa, yozda esa – yog’sizroqlaridan xarid qilishadi.
Aytgancha, agarda siz uyda o’zingiz qatiq tayyorlamoqchi bo’lsangiz, qadoqlangan sutlardan juda mazali qatiq tayyorlaniladi. Lekin ulardan tvorog tayyorlab bo’lmaydi.
Sifatli sutni qanday tanlash kerak?
Birinchi o’rinda narxiga e’tibor bering. Qadoqlangan juda arzon sutlarga diqqat qiling: Bunday sutlarni ishlab chiqarish juda ko’p xarajatlarni talab qiladi, shuning uchun ham sifatli sutlar hech qachon arzon turmaydi. Qadoqlangan arzon sut mahsulotlariga palma yog’i yoki boshqa o’simlik yog’lari qo’shilgan bo’lishi ham mumkin. Sutlarning narxi nafaqat yog’li yog’sizligiga, balki ishlab chiqaruvchilarning har xilligiga ham bog’liq. Masalan, Rossiyada ishlab chiqarilgan sutlar, o’zimizda ishlab chiqarilgalarga qaraganda, albatta, qimmatroq turadi.
Aytgancha, qadoqlangan sutlarga har xil konservant va kimyoviy moddalar qo’shilgan bo’lishi mumkin deb hech ham xavotir olmang: O’zbekistonda agarda shunday mahsulotlar ishlab chiqarilsa, demak ular albatta juda qimmat narxda bo’ladi. Hattoki vijdonsiz ishlab chiqaruvchilarga ham bunday qo’shimchalarni qo’shihs qimmatga tushadi.
Tarkibiga ahamiyat qarating: u yerda normallashtirilgan sut bo’lishi kerak. “Normallashtirilgan” so’zi esa yog’li va yog’siz sutni qo’shish va kerakli yog’lilikni hosil qilishni bildiradi.
Qadog’ini e’tibor bilan o’rganing. Chunki mahsulot qadog’i biroz bo’lsa ham buzilgan bo’lsa, undagi sutning ayniq qolishi ham hech gap emas. Qadoqning biron joyida hattoki bir dona teshik bo’lsa ham, undan havo kirib zararli bakteriyalar ko’payishiga olib keladi. Bu ayniqsa kichkina qadoqli sutlarda ko’proq bo’ladi.
Sergey Vshivkov bolalarga sutni berishdan oldin, o’zingiz avval ta’tib ko’rishingizni maslahat beradi, shunda bola sog’lig’i bilan bog’liq muammolarga duch kelmaysiz.
Aksiyada sotilayotgan sutlar – ular ayniganmi?
Umuman yo’q. Ko’pincha har xil kompaniyalar sut mahsulotlarga aksiya yoki chegirmalar e’lon qilishadi. Bu ularning ayniogan yoki sifatsizligida dalolat bermaydi.
Gap saqlash muddatida: saqlash muddati tugayotgan bo’lsa, uni chegirma narxda sotishadi, bu albatta pulning butunlay kuyib ketishidan ko’ra yaxshiroq.
Sutni qanday saqlash kerak?
Ochilgan sut mahsulotlarini o’zining idishida sovutgichda saqlang. Chunki sutning qadog’i sterillanganligi sabab ham boshqa idishga nisbatan uzoqroq saqlaniladi.
Bunday sutni qaynatish shart emas, chunki sterillizatsiyada barcha zararli bakteriyalar yo’qotilgan.
Qancha turadi va qayerdan sotib olish mumkin?
Korzinka.uz supermarketida sutlar hajmi va yog’liligiga qarab 5 290 dan 21 990 so’mgacha turadi.
Arba.uz internet do’konida esa sutlar 1 890 dan 8 190 so’mgacha turadi.
*Korzinka.uz tarmog’idagi supermarket xodimlariga tasvirga tushirish jarayonida ko’maklashganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz!
*Mahsulot narxlari manba chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.