Asal to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar
Shamollashlar mavsumini hech birimiz asal va issiq choysiz tasavvur qilolmasak kerak. Bugun sizlarga biz uchun muhim mahsulot – asal to’g’risida ba’zi bir qiziqarli ma’lumotlarni berib o’tamiz.
1. Asal qadim zamondan beri iste’mol qilib kelinadigan mahsulot. Uni bundan 15 000 yil avval, qadimgi tosh asrida iste’mol qilishgan. U davrda asal faqatgina mazali mahsulot sanalgan, uning foydali tomonlaridan kechroq xabar topishgan. Asalchilik bilan esa faqatgina 5 ming yil oldin shug’ullanishni boshlashgan, aytgancha ularning tashqi ko’rinishi o’shandan beri deyarli o’zgarmagan.
2. «Asal» so’zi Yevropadan kelib chiqqan. So’zma-so’z u «mo’jizaviy yaralish» deb tarjima qilinadi va bu bejizga emas, chunki asalni xudolarning yeguligi deb ham atashgan. Shunday bir fikr mavjudki, qadimgi olim Gippokrat, aynan asal sabab ham 110 yoshga kirgan: u asalni har kuni iste’mol qilgan.
3. Asal – shubhasiz foydali mahsulot. Bu haqda, qadimdan beri shifokorlar ham, hozirgi zamon shifokorlari ham ta’kidlab o’tishadi. Aniqlanishicha, asalning tarkibida 300 dan ortiq foydali moddalar bo’lib, ularning 23 tasi aminakislotalar, 40 tasi esa mikroelementlar tashkil qilar ekan.
4. Asalning foydasi qanday? U miya ishlashini yaxshilab, xotirani mustahkamlaydi, diqqatni oshiradi, o’ylash qobilyatini kuchaytiradi – buning uchun kechasi bir choy qoshiq asal iste’mol qilishning o’zi kifoya. Shuning bilan birga asal immunitetni mustahkamlaydi, viruslarga qarshi kurashadi, xolesterinni kamaytiradi, ovqat hazm qilish jarayoni va qon tarkibini yaxshilaydi, yengil uyquni chaqiradi.
5. Ammo asal zarar yetkazishi ham mumkin. Uni allergiya va qandli diabet bilan chalingan bemorlar ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilishlari kerak, haddan ziyod iste’mol qilinganda tish emaliga ham zarar yetkazadi. Bundan tashqari 100 gramm asal 304 kKal ni tashkil qiladi, shuning uchun ham qomatiga e’tibor beruvchilar undan ehtiyot bo’lib iste’mol qilishlari kerak. Kattalar uchun bir kecha-kunduzlik me’yor 2 osh qoshiqni tashkil qiladi.
6. Asalning ko’pgina navlari mavjud. Asalning 3 000 dan ortiq navi mavjud. Ular rangi, hidi va ta’mi bilan bir-biridan farq qiladi.
7. Asalni qizdirish mumkin emas. Yuqori haroratda asalning tarkibi buziladi, masalan uni issiq choy yoki qaynagan suvga solsangiz, u shirin bo’lsada, lekin foydali xususiyatlarini yo’qotadi. Asalni 50 C darajadan yuqori bo’lmagan haroratda qizdirish yoki iste’mol qilish kerak.
8. Asalni ko’pincha qalbakilashtiradi. Balki hayron qolarsiz, ammo xuddi shunday: asalga kraxmal, shakar, un, bo’r, hatttoki o’simlikdan olingan yelim ham qo’shishadi! Haqiqiy tabiiy asalni tekshirish unchalik ham qiyin emas: gugurt cho’pni asalga botiring va uni yoqishga harakat qiling. Agarda u yonsa, demak asal tabiiy, agar yonmasa – demak unga qo’shimchalar qo’shilgan. Bundan tashqari, yodni suvga solib aralashtirasiz va yoddan bir tomchi solsangiz, asalli suv ko’k yoki binafsha rangga kirsa demak unga kraxmal solingan.
9. Asaldan ko’pgina sohalarda foydalanishadi. Asaldan kosmetalogiyada, pazandachilikda ham juda ko’p foydalanishadi. U pishiradigan taomlarimizni xushbo’y qiladi, go’shtni esa juda oson yumshatadi. Asalga botirib pishirilgan go’sht, usti tillarangga kirib, juda chiroyli ko’rinish kasb etadi.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va b izning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.