Do’kon peshtaxtalaridagi mahsulot: «Foydali nonushta» pechenyesi

Bugun sizlarga «Хлебный Спас» nomi ostida ishlab chiqarilgan, nonushtaga mo’ljallangan pechenyelar haqida ma’lumot berib o’tamiz. U chiroyli qadoqllangani bilan bizning e’tiborimizni tortdi va biz uni ta’tib ko’rishga qaror qildik.
Bunday pechenyelar ko’chada, ishxona va o’qishda birga olib yurish va iste’mol qilishga juda qulay bo’libgina qolmasdan, ular ortiqcha qo’shimchalar va konservantlarsiz, boshoqli o’simliklardan tayyorlanilgani bilan ham juda foydalidir.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Qadog’i
Nonushtaga mo’ljallangan pechenyelar alohida qadoqlanilgan bo’lib, ularning soni 6 ta. Bu pechenyelar yelim qog’ozga solingan bo’lib, ular plastik idishga terib chiqilgan. Qadog’ida 192 gramm pechenye.
Turlari
Pechenyelar turlicha ta’mlarda bo’lib, biz sutlisidan tanladik. Bu brend ostida qandli diabet kasalligi bilan og’riganlar uchun ham mo’ljallangan pechenyelar bo’lib, bunda shakarning o’rniga fruktoza ishlatilgan.
Tarkibi
Tabiiy mahsulot tarkibiga quyidagilar kiradi: yuqori navli un, shakar, o’simlik yog’i, qabartma va tuz. Boshoqli o’simliklardan qilingan pechenyelarda esa qora bug’doy, suli yormasi, kungaboqar va zig’ir urug’laridan tashkil topgan. Sutli pechenye esa sut, quyultirilgan sut va quruq sutdan iborat.
Boshoqli o’simliklardan tayyorlanilgan mahsulot ning 100 grammi quyidagilarni saqlaydi: yog’lar — 16 gr, uglevodlar — 67 gr, oqsillar — 7-7,5 gr.
Energetik quvvati: – 440 kKal.
Qanday va qancha saqlash kerak
Pechenyelarni quruq va qorong’i joyda saqlash kerak. Saqlash muddati: 6 oy.
Narxi
Korzinka.uz tarmog’idagi supermarketlarda bunday pechenye 12 290 so’m turadi.
Xulosa
«Foydali nonushta» pechenyesi – mazaliligi va ayniqsa foydaliligi sabab ham butun nashriyot xodimlarimizga yoqdi. Uning juda qulay qadoqlanganligi uchun ham bemalol bolalarga maktabga olib ketishlari uchun berishimiz mumkin.
*Mahsulot narxlari manba chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.