Karam to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar
Karam eng ko’p iste’mol qilinadigan sabzavotlardan biri hisoblanadi. Karamni ko’pgina ovqatlarga ishlatishadi, chunki u to’yimli shu bilan birga esa kaloriyasi ham past. Bugungi ma’lumotlarni o’qing va bizlar bilan birga hayratlaning!
1. Karamning vatani aniqlanmagan. Karamni ilk bor qayerda uchratishgan – noaniq. Mana ko’p asrlardan beri karamning vatani deb Gruziya, Gretsiya va Italiya davlatlari deb bahslashishadi. Karam bu aslida katta kurtak, o’zagi esa poya hisoblanishini bilasizmi?
2. Karam ilk marotaba arxeologlarning fikricha: tosh va bronza davrida paydo bo’lgan. Eramizdan avvalgi 15-asrda esa uni allaqachon qadimiy Misrda yetishtira boshlashgan. Bu sabzavotni ular juda foydali deb hisoblashgan va bolalar ovqatlanish ratsioniga kiritishni tavsiya qilishgan.
3. Karamning paydo bo’lish afsonasi. Qadimgi Rimda aytilishicha, bir kuni Yupiter xudosining boshidan bir tomchi ter to’kilib tushib, karamga aylangan ekan. «Karam» so’zi esa qadimiy rimcha «kaputum» – bosh degan ma’noni bildirib, nafaqat afsonani eslatadi, balki o’zi ham o’xshab ketadi.
4. Qadimgi Rus davlatiga esa faqatgina 9-asrda yetib kelgan. Karam odamlar orasida darrov ommalashib ketmagan, asta sekinlik bilan iste’mol qilinib, so’ng yoqtirib kelingan. Tarixiy yilnomalarda bitilishicha, podshoh Aleksey Mixaylovichning to’y marosimining bayramona taomi bu tovuq va karamdan pishirilgan ovqat bo’lgan.
5. Qizil boshli karam – aslida xuddi oddiy karamdek. Faqat uning tarkibiga antosian moddasi mavjudligi sabab ham bu karam to’q qizil – binafsha rangda bo’ladi.
6. Qizil boshli karamni sehrli o’simlik deb hisoblashgan. Bunga karamning ajoyib rangi va foydali xususiyatlari sabab bo’lgan. Unda oddiy karamga nisbatan karotin 4 marta, kletchatkalar esa 2 marta ko’proqdir.
7. Qizil boshli karamdan bolalarga qiziq tomosha ko’rsating. Masalan karam bo’lagini idishga solib, ustidan iste’mol sodasi sepsangiz karam ko’k rangga kiradi, agar sirka sepsangiz unda u pushti rangga kiradi. Juda qiziq!
8. Qizil boshli karam ajoyib bo’yoqdir. Bu karamning sharbati bilan tort kremlariga, qaylalarga, hattoki qaynatilgan tuxum oqiga ham rang bersangiz bo’ladi. Bu karamning sharbati yordamida kremlar uchun ajoyib och-ko’k rang hosil qilsa bo’ladi. Buning uchun qaynatilgan tuxumni karam sharbatiga botirib qo’yamiz va so’ngra shu sharbattan kremlarga solamiz.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning <a href=»https://telegram.me/zirauzuz»> telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.</a>