Do’kon peshtaxtalaridagi qiziqarli mahsulotlar: Jem
Mevali jemlar – pirog, quymoq, tort va ko’pgina pishiriqlarga solib pishirish uchun ajoyib shirinlik hisoblanadi. Bugun sizlarga jemlarni to’g’ri tanlash, saqlash va qancha narxda sotib olish to’g’risida ma’lumotlar berib o’tamiz.
Jem tayyorlash barcha uy bekalarining ham qo’lidan kelavermaydi. Shuning uchun do’konga chiqib tayyorini olish, ko’pchilik uchun qulay hisoblanadi. Lekin, do’kondagi jemlarning barchasi ham foydalimikan?
To’g’ri tanlash
1. Tashqi ko’rinishidan ajratamiz. Jem, konfityur va murabbo – supermarketlarda bularning barchasini uchratamiz. Ular orasidagi farqni ajratish juda oson: murabboda mevalar butun yoki bo’laklarga bo’lingan holatda bo’ladi, jem esa quyuq, konfityur esa marmeladga o’xshab ketadi.
2. Tashqi ko’rinishini baholaymiz. Bu juda oddiy, yani : jem durda bog’lamaganligiga e’tibor bering, ya’ni ustida shakar qotib qolmagan bo’lishi kerak. Bunday mahsulot noto’g’ri texnologiya asosida tayyorlanilganidan dalolat beradi.
3. Qadog’iga qaraymiz. Odatda jemlar shisha idishlarda qadoqlaniladi. Banka qopqog’i shishgan yoki shikastlangan bo’lmasligi kerak. Shishgan qopqoq – aynigan jemdan dalolat beradi.
4. Tarkibi va belgisiga e’tibor qaratamiz. ГОСТ belgisi bor bo’lsa ayni muddao bo’ladi, chunki rezavor mevalardan tayyorlanuvchi jemlarni tayyorlashda qatiq talablar qo’yilgan. Agar siz rezavor mevalardan tayyorlangan jem sotib olmoqchi bo’lsangiz, uning tarkibida quyidagilar bo’lishi kerak: rezavor mevalar (yangi terilgan yoki muzlatilgan), shakar, limon yoki sarbin kislotasi. Bundan tashqari jem tarkibida pektin, glyukoza-fruktozali qiyom, suv va sorbat kaliy kabi ozuqaviy qo’shimchalar ham qo’shiladi. Mahsulot tarkibidagi mevalar miqdori 35% dan kam bo’lmasligi kerak. Agar siz «Domashniy» yozuvli jem xarid qilsangiz, bunday mahsulotdagi mevalar 40% dan kam bo’lmasligi kerak.
5.Ishlab chiqarilgan sanasiga e’tibor beramiz. Bu yerda ikkta nozi jihati mavjud: sterillangan jemlar bo’lib, ular 3 yilgacha, sterillanmagani esa bor yo’g’i 1 yilgacha saqlaniladi. Muddati qanchalik yangi bo’lsa, yana yaxshi. Ishlab chiqarilgan sanasiga e’tibor bering, yoz mavsumida qadoqlanilgan mahsulot eng yaxshisi hisoblanadi.
6. Quyuqligini baholaymiz. Sotib olib, uyga kelganingizdan so’ng jemni ochib ko’zdan kechiring. Agar u qoshiqdan tomchilab oqsa, idishda bir xil shaklini tutmasa, demak uni noto’g’ri tayyorlashgan yoki juda ko’p miqdorda suv qo’shishgan. Bunday jem yuqori sifatli deb baholanilmaydi.
7. Ta’tib ko’ramiz. Tabiiy jem – xushbo’y, shirin, yorqin rangli bo’lishi kereak. Agarda siz karamelning ta’mini sezsangiz, demak bu sifatsiz mahsulot.
To’g’ri saqlash
Bankasi ochilmagan jemni bir yilgacha saqlash mumkin. Agar ochilgan bo’lsa, unda sovutgichda ko’pi bilan bir oygacha saqlash mumkin.
Qancha turadi va qayerdan sotib olish mumkin
Korzinka.uz supermarketida jemlarni 5 790 dan 14 490 so’mgacha sotib olishingiz mumkin.
*Korzinka.uz supermarketiga suratga tushirishga ko’maklashganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz!
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.