Yangilik: Quritilgan meva va yong’oqlar bilan tayyorlangan Vita Boom asali
Asal, quritilgan meva va yong’oqlarning har biri foydali hisoblansa, ularning birlashmasi esa inson organizmi uchun «koni foyda»dir. Bugun «Yangiliklar» bo’limida Vita Boom dan ana shunday mahsulot bilan tanishtiramiz.Foydali, mazali va eng asosiysi ortiqcha bo’yoq va konservantlarsiz bo’lgan tabiiy shirinlik.
Taassurotlarimiz bilan o’rtoqlashamiz:
Ta’mi
Ta’midan tabiiy mahsulot ekanligini, hech qanday ortiqcha qo’shimchalar qo’shilmaganligini yaqqol sezish mumkin. Yong’oqlar iste’mol qilishga qulay kattalikda maydalangan. Bunday asal quyuqroq bo’lib, agarda siz suyuqroq holatdagisini ko’proq yoqtirsangiz, unda ustidagi yorlig’ida yozilganidek mikroto’lqinli pechda bir daqiqadan ortiq bo’lmagan vaqtda isitib olish ham mumkin.
Qadog’i
Bu vitaminli aralashma kichik plastik idishlarda bo’lib, usti ko’k karton qog’ozli o’ramda qadoqlangan. Ustida mahsulot to’g’risida barcha ma’lumotlar berilgan. Har bir chelakcha 300 grammdan mahsulotga ega.
Tarkibi
Bu yangi mahsulotning tarkibiga: tabiiy asal, yong’oq, qora mayiz, oq mayiz, bodom, keshyu, funduk. Keshyu va fundukka nisbatan, yong’oq, bodom va mayiz ko’proq qo’shilgan.
100 gramm mahsulolt o’zida quyidagilarni saqlaydi: uglevodlar – 75 gr; oqsillar – 0,5 gr.
Energetik qiymati: – 300 kKal.
Qanday va qancha muddatda saqlash kerak
Saqlash muddati 1 yil. Sovutgichda yoki 20 darajadan yuqori bo’lmagan salqin joyda ham saqlansa bo’ladi.
Narxi
Korzinka va Makro tarmoqlaridagi savdo shaxobchalarida bunday idishdagi mahsulot 20 000 so’m narxda turadi.
Xulosa
Avvallari bunday mahsulotni och qoringa ertalab iste’mol qilish tavsiya qilinardi. Bu mahsulotni bemalol shokolad va boshqa shirinliklar o’rniga iste’mol qilsangiz, foydali yo’l tutgan bo’lardingiz. Bunday mahsulotni o’zingiz uyda tayyorlab ko’ring, agarda vaqt masalasida ulgurmasangiz yuqorida aytib o’tilgan savdo shaxobchalaridan topishingiz mumkin. Eslatma – yong’oq va asalga allergiyasi borlarga tavsiya qilinmaydi.
*Mahsulot narxi manba yaratilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.