Brokkoli haqida 9 ta qiziqarli dalillar
Brokkoli – karamning juda foydali va mazali turi bo’lib, bu sabzavot bir yoshgacha bo’lgan bolalarga qo’shimcha ovqat sifatida ham beriladi va «21-asr mahsuloti» deya ataladi. Yorqin rangdagi bu ajoyib sabzavot to’g’risida sizlarga 9 ta dalillarni keltirib o’tamiz.
1.Brokkoli – qadimiy zamonlardan iste’mol qilib kelinayotgan sabzavot hisoblaniladi. Bu mahsulotning yovvoyi turi bo’lmagan: olimlarning aniqlashlaricha, karamning bu turi eramizdan oldingi V-VI asrlarda aniqlangan. Eramizdan oldingi I asrda qadimiy rim olimi Piliniy brokkoliga «xudo siylagan o’simlik» deya ta’rif bergan.
2. Qadimiy rimda bu sabzavot juda sevilib iste’mol qilinishiga qaramay, dunyoning boshqa nuqtalarida bu mahsulotning mavjudligi haqida hech kimda tasavvur ham bo’lmagan. 2 ming yil o’tib, Rimdan so’ng brokkoli haqida Qadimiy Gretsiyaliklar xabardor bo’lishgan. So’ng Vizantiyada (hozirgi Turkiya), undan keyin esa butun dunyoda tarqala boshlagan.
3. «Brokkoli» atamasi faqat Rimda mashhur bo’lgan. Uni faqat Germaniyadan tashqari barcha mamlakatlarda «italyancha sarsabil» deb atashgan. Germaniyada esa uni «braun kopf» – qo’ng’ir bosh deb atashgan.
4. O’sha paytdan beri bu karamning 200 dan ortiq turi aniqlangan. Turining ko’pligiga qaramay, Rossiyada bu sabzavotning faqatgina 6 ta navi yetishtiriladi. Yaqinda olimlar uning yangi «Beneforte» degan navini yaratishdi. Bu karamda foydali, saraton xastaligini oldini oluvchi moddalar 3 hissa ko’p hisoblanadi.
5. Brokkoli nisbiy kaloriyali mahsulot hisoblanadi. Bunday mahsulotlarni hazm qilish jarayonida organizm mahsulotdagi mavjud kaloriyadan ham ko’proq kaloriya sarflaydi. Bu sabzavotning kaloriyasi 100gr mahsulotda 34 kKal ni tashkil qiladi.
6.Shuning uchun ham brokkoli ozishni xohlovchi insonlarga tavsiya qilinadi. Ko’pchilik parhez tutuvchilar, asosiy ovqatlari qatoriga brokkolini ham qo’shib iste’mol qiladi. Oxirgi vaqtlarda brokkoli karami Amerikada juda ommalashib ketgan: bir yilda 76 000 tonnagacha karam iste’mol qilinadi!
7. Bundan tashqari brokkoli inson organizmi uchun zarur bo’lgan ko’pgina foydali moddalarni saqlaydi. Uni superfud deb ham atashadi: brokkolida ko’p miqdordagi antioksidantlar, А, Е и С, РР va В guruhi vitaminlari, mineral moddalar, oqsillar va uglevodlarni saqlaydi.
8. Aytgancha, brokkolidagi mavjud oqsillar, hayvonlardagi oqsillar bilan taqqoslaniladi. To’yimliligi borasida ular teng bo’lib, hazm qilish borasida esa ustun turishadi.
9. Brokkoli o’zidagi foydali xususiyatlarini yo’qotmasligi uchun ham uni to’g’ri tayyorlash kerak: yaxshisi uni bu’g’da pishirish, nomiga qovurib yoki duxovkada pishirib, xomroq holida iste’mol qilish kerak. Brokkolini juda лщэз pishirib yuborish yaramaydi: u biroz xom pishirilsa ham foydali ham mazalidir.
Yangi yil dasturxoningizda mazali retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga a’zo bo’ling.