Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: «Коровка из Кореновки» muzqaymoqlari

Muzqaymoqlar bizning jon-u dilimiz bo’lganligi sabab ham , savdo shaxobchalaridagi yangi bu shirinlikka ko’zimiz tushdiyu, olishga qaror qildik. “Коровка из Кореновки” nomli Rossiyada ishlab chiqarilgan bu mahsulot bizni qiziqtirib qo’ydi.
Balki “Коровка из Кореновки” savdo belgisi ostida ishlab chiqarilgan quyultirilgan sutlar sizlarga tanishdir. Yaqinda Korzinka.uz tarmoqlaridagi supermarketlarda bunday mahsulotning juda ko’p turi taqdim qilindi. Shunday qilib, bugun o’zimizning taassurotlarni sizlar bilan o’rtoqlashishga qaror qildik.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Qadog’i
Muzqaymoqlar mustahkam yelim qog’ozlarda qadoqlanilgan bo’lib, yorqin va chiqoyli ko’rinish kasb etadi. Mahsulotni ochish esa hech qanday qiyinchilik tug’dirmaydi.
Turlari
Muzqaymoqning taqdim etilgan turlari bizlarni juda quvontirdi. Turlari ko’p bo’lib, har bir ta’bga to’g’ri keladi. Muzqaymoqlar ichi murabbo, quyultirilgan sut bilan boyitilib, ustidan shokoladli glazur quyilgan.
Mahsulot yuqori talab asosida tayyorlanilgan.
Tarkibi
Muzqaymoqning umumiy tarkibi quyidagilardan iborat: qaymoq, quyultirilgan sut va har xil mevali murabbolar. Turiga qarab ichiga tabbiy mahsulotlardan tayyorlanilgan asoslar solingan.
Ta’mi
Muzqaymoq yoqimli qaymoq ta’mda bo’lib, o’rtacha shirinlikdaligi sabab ham me’daga darrov tegib qolmaydi.
To’g’ri saqlash
Mahsulotni 18°С dan oshmaydigan haroratda 12 oygacha saqlash mumkin.
Narxi
“Коровка из Кореновки” savdo belgisidagi muzqaymoqlar Korzinka.uz da quyidagi narxlarda sotiladi*:
120 grammli “Vafli shoxchasi” – 12 690 so’m
70 grammli Eskimo – 8 790 so’m
Fundukli eskimo – 9 990 so’m
Shokoladli plombir – 8 790 so’m
Ozuqaviy qiymati
216 dan 334 kKalni tashkil qiladi.
Xulosa
Muzqaymoqlar juda mazali bo’lib, bir yeyishdayoq tabiiy mahsulotlardan tayyorlanilgani sezilib turadi. Oddiy plombirlar o’rtacha shirinlikda bo’lib, me’daga tegmaydi. Asosli muzqaymoqlar esa ularga nisbatan birozgina shirinroq bo’lib, undagi murabbolar ayamay solingan. Bu mahsulot bizning tahririyatga ham juda yoqdi.
*Mahsulot narxlari manba chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.