Zargardan marmartoshdek pishiriqlar
Zira bugun sizlarga Daniyalik zargarning marmartoshga o’xshagan pishiriqlari bilan tanishtiradi.
Dizayner va zargar Kia Utzon-Frank pazandachilik san’atini o’zlashtirib olgan bo’lib, uning asarlarini san’at asari deb atamaslikni iloji yo’q. Yosh qiz har xil tortlar, pishiriqlar floydboller shirinliklarini muntazam pishirib boradi (flødeboller daniyaliklar tilida “qor parchasi” degan ma’noni anglatadi). Har xil geometrik shakllarda yasalgan pishiriqlar mayin krem, sufle va bezelar bilan to’yintirilgan.
Men pazanda emas, avvalambor zargarman, shuning uchun tayyorlaydigan mahsulotim ham shunga arzirli bo’lib, meni qoniqtirishi kerak”, — deydi zargar Kia. Dizayner bunday pishiriqlarning ustini biroz qo’polroq, ichini esa mayin bo’lishiga urg’u beradi.
Har bir mahsulot qo’lda yasaladi va ishlov beriladi. Ularning ustiga toshlarni ko’rinishini aks ettirish uchun Kia, oq shokoladga har xil bo’yoqlardan tashqari, sedana va guruch parchalaridan foydalanadi. Ularning asosiga zefir va bodomli muss tayyorlab, qo’sjiladi. Ishlatadigan bo’yoqlari ham faqatgina tabiiy hisoblanadi.
Afsuski bu mazali shakllar hech qayerda sotilmaydi. Faqatgina ularni o’zining Londondagi KitchenAid studiyasidagi master-klasslarida pishirib o’rgatishi mumkin.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.