Do’kon peshtaxtalaridagi mahsulot: Yelli savdo belgisi ostidagi italyancha sho’rva
Zira bugun sizlarga Yelli savdo belgisi ostidagi yangi mahsulot to’g’risida gapirib beradi.
“100% tabiiy” deb yozilgan, biz uchun sal noodatiyroq bu mahsulot bizni befarq qoldirmadi va uni o’rganishga qaror qildik.
Yelli – bu Rossiyada ishlab chiqarilgan tabiiy mahsulot bo’lib, har bir qadog’i turli-tuman ovqatlarga kerakli masalliqlar bilan to’ldirilgan. Bular yarim tayyor mahsulot fastfudlarga kirmaydi, murakkab taomlarning tayyor jamlanmasi hisoblanadi. Undagi masalliqlar kerakli hajmda o’lchab solingan. Bizdan esa uni faqatgina qaynatish va tuzini rostlash qoladi xolos.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Qadog’i
Qadog’i darrov o’ziga e’tiborni tortuvchi bu mahsulot, bizga noodatiy bo’lgan taom rasmlari bilan ishlab chiqarilgan. Ustidagi karton qog’ozi oq-qora rangda bo’lib, qozondagi taomgagina yorqin rang berilgan. Ichidagi mahsulot rangsiz yelim qog’ozga solingan bo’lib, sotib olishdan avval ichini ko’rib olishga qulaydir. Mahsulotning og’irligi 125 grammni tashkil qilib, 2 kishi to’yib ovqatlanishi uchun bemalol yetadi. Orqasida esa mahsulotning tarkibi to’liq yoritib berilgan.
Tarkibi
Tarkibi haqida mahsulotning qadog’ida tanishib olishingiz mumkin. Biz sotib olgan mahsulot «italyancha» mayda pastali sho’rva. Tarkibi: yorilgan qizil yasmiq doni, piyoz, pomidor, mayda pastalar, sariyog’, lavr bargi, rayhon, qizil sabzi, petrushka, qora murch. Barcha mahsulotlar quruq, qadog’ida yozilishicha genetik o’zgartirilmagan mahsulotlarsiz, 100% tabiiy mahsulot.
Energetik qiymati: 100 gramm mahsulot quyidagilarni tashkil qiladi: oqsillar-18 gr, yog’lar 1,5 gr, uglevodlar 55 gr.
Energetik quvvati: 100 gramm mahsulot – 310 kKal ni tashkil qiladi.
Ta’mi
Biz sotib olgan mahsulotimizni unda belgilangan ko’rsatma asosida pishirib ko’rdik. Agarda sizga ko’proq quyuq taom yoqsa, unda belgilangan suvni kamroq solamiz. Xushbo’y hidli bu taom, yeyilganda tabiiy mahsulotligi shundoqqina bilinib turadi.
Turlari
Yelli savdo belgisi ostidagi bu mahsulotning 20 dan ortiq turlari bo’lib, ular quyuidagilar:
- guruch va makkajo’xorili «Chauder» sho’rvasi (amerikancha taom)
- «Osiyo» loviyali sho’rvasi (tojikcha taom)
- qizil guruch va yasmiqli sh’rva (Peru oshxona taomi)
- «italyancha» mayda pastali sho’rva
- yasmiqli «Masurdal» sho’rvasi (hindcha taom)
- «turkcha» bulg’urli taom
- qo’ziqorin va mayda pastadan sho’rva (italyancha taom)
- no’xat va karridan quyuq sho’rva (hind oshxonasi)
- pomidorli yasmiqli sho’rva (grek oshxonasi)
- 7 xil boshoqli donlardan sho’rva (meksika oshxonasi)
- oq qo’ziqorindan rizotto (italyancha taom)
- oq qo’ziqorin va bulgurdan taom (turkcha taom)
- grechka va oq qo’ziqorinli taom (ruscha taom)
- xushbo’y ziravorlardan kuskus taomi (fransuz oshxonasi)
- italyancha oq qo’ziqorinli pasta
- italyancha sabzavotli pasta
- italyancha qovoqli pasta
- bulgur va qovoqli palov (turkcha taom)
- pomidor va rayhonli taom
- basmati guruch va sabzavotlardan Briani taomi
Bu ishlab chiqaruvchilarning bolalarga maxsus mo’ljallangan .
Qancha va qanday saqlash kerak
Ochilmagan qadoqli mahsulotni quyosh nuri tushmaydigan joyda 12 oygacha saqlashingiz mumkin.
Narxi
Biz bugungi mahsulotni Kid’s Plate nomli do’kondan xarid qildik. Bu do’konda Yelli savdo belgisi ostidagi mahsulotlarning soni juda ham ko’p. Biz sotib olgan mahsulot 25 000 so’m turadi. Hamma mahsulotlarning narxi har xil.
Xulosa
O’zimizga noodatiy va qiziqarli mahsulotlarni kashf qildik. Taomlar har xil ta’mda bo’lib, har kim o’z ta’biga qarab mahsulot tanlaydi. Faqatgina qaynatishni talab qiladigan, oson va mazali taom bizning tahririyat xodimlariga juda yoqdi. Ayniqsa mahsulotning 100% tabiiyligi har qanday onalarning orzusidir. Chunki bugungi kunda, ko’pchilik ayollarimiz ham ertalabdan kechgacha ishlab, taom tayyorlashga kelganda esa ba’zan vaqt topolmaymiz. Ana shunda tez tayyorlaniladigan taomga muhtojlik sezamiz. Bugungi biz tanishtirhan mahsulotlar esa, aynan shunday damlarda sizning beminnat yordamchingizga aylanishi aniq.
*Mahsulot narxlari manba chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.