Mahsulotlarni ko’zdan kechirish: pishloq
Pishloq bu juda foydali va mazali sut mahsulotlaridan biri sanaladi. Sifatli pishloqni qanday tanlash kerak? Hoziroq bilib olamiz!
Haqiqiy tabiiy pishloq faqatgina bir nechtagina mahsulotlardan tayyorlaniladi: sut, achitqi va fermentlardan. Ammo savdo shaxobchalarida shunday pishloq turlarini uchratishimiz ham mumkinki, uning tarkibini sanab sanog’iga yetolmaysan. Shunday ekan, endilikda siz nimaga e’tibor qaratish muhimligini bilib olasiz.
To’g’ri tanlash
1. Narxiga ahamiyat qarating. Bu yerda hisob-kitobni unutmang: 1 kilo pishloq uchun 11 litr sut kerak bo’ladi. Shuning uchun tabiiy pishloq hech qachon arzon narxda bo’lmaydi, arzon narxdagi pishloqlar esa quruq sut va har xil organizm uchun zararli yog’lardan tayyorlaniladi.
2. Tarkibini o’rganib chiqing. Pishloqni tarkibini ko’rib chiqishga erinmang. Eslab qoling: Birinchi bo’lib, pishloqning tarkibida ko’proq sut mahsulotlari ya’ni sut, achitqi, tuz va fermentlar bo’lishi kerak. Pishloqning tarkibida quyidagilar bo’lmasligi shart: karragen yoki karraginana (Е-407 deb ham yoziladi) – bu stablizator bo’lib, organizmga nojo’ya ta’sir qiladi. Shuningdek Е-466 kislotasi ham bo’lmasligi kerak – bu stablizatordan pishloqni quyuqlashtirish uchun foydalanishadi. Bu qo’shimcha organizmga nojo’ya ta’sir qiladi. Pishloqda bo’yoqlar, Е-160 (karotin) va Е-110 kabi qo’shimchalar qo’shilgan bo’lsa, shuni bilib olingki, bunday moddalar allergiya chaqirish xususiyatiga ega.
3. Pishloqni ko’rib chiqing. Agar siz qattiq pishloq sotib olmoqchi bo’lsangiz, eslab qolin, pishloq uvalab ketmasligi, yog’i yaltirab turmasligi va unda hech qanday yoriqlar bo’lmasligi kerak. Usti silliq, hech qanday oq dog’larsiz bo’lishi kerak. Yumshoq pishloqni tanlashda ham quyidagilarga e’tibor bering: bunday pishloq namroq bo’lishi, barmoq bilan bosib ko’rilganda k.
4. Pishloqni hidlab ko’ring. Undan mog’or yoki achigan sut ta’mi kelmasligi kerak. Aytgancha, bir oz mog’or to’g’risida: pishloqni kesganingizda, biroz mog’orga ko’zingiz tushsa, unda bu mahsulotni iste’mol qilmaganingiz ma’qul:mog’orini olib tashlasangiz ham uning tarkibida kasallikka yetaklovchi zararli bakteriyalar saqlanib qolaveradi.
5. Pishloqni ta’tib ko’ring. Ko’pgina do’konlarda, sizga pishloqni ta’tib ko’rishni taklif qilishadi, darrov rad qilishga shoshilmang. Ta’tib ko’ring va baho bering: u biroz sho’rroq, shu bilan ham biroz shirinroq ta’mda bo’lishi kerak. Pishloqni bukib ko’ring, u sinmasligi kerak.
6. Yumshatilgan pishloqni to’g’ri tanlash. Bu haqida alohida gapirib o’tishga joiz topdik, chunki ba’zi bir ishlab chiqaruvchilar bunday pishloq tayyorlashda eskirib qolgan qattiq pishloqlardan foydalanishadi. Shuning uchun ham tarkibiga yaxshilab e’tibor bering: uning tarkibida shirdon suvi (qattiq pishloq turiga oid), sariyog’, qaymoq va sut. Tarkibida o’simlik yog’i va quruq sut mavjud mahsulotni sotib olmang, bunday pishloq sifatsiz pishloq hisoblanadi.
To’g’ri saqlash
Qattiq pishloqni sovutgichda yuqori namlikda saqlanilsa, u bir necha haftalargacha aynimay, yaxshi saqlanadi. Pishloqni qancha saqlash, uning hajmi va ishlab chiqarilgan sanasiga ham bog’liq. Iloji bo’lsa pishloqni oz-ozdan sotib olish yaxshiroq.
Yumshoq pishloqlar sovutgichda uncha ko’p saqlanilmaydi, ularni ko’pi bilan bir haftada iste’mol qilib tugatish tavsiya qilinadi. Bunday pishloqlarda bakteriyalar tezroq ko’payadi. Aytgancha, bunday pishloqlarda uzoq muddat ko’rsatilgan bo’lsa, demak ularni tayyorlashda har xil konservantlardan foydalanilgan.
Pishloqlarni iloji boricha zar qog’oz ya’ni folga, yoki qog’ozga o’rab sovutgichda saqlang, ana shunda ularni uzoqroq saqlashga erishasiz.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin
Korzinka.uz tarmog’idagi supermarketlarda:
- qattiq pishloq hajmi va naviga qarab 10 596 dan 317 990 so’mgacha turadi
- yumshoq pishloq esa hajmiga qarab 7 990 dan 37 790 so’mgacha turadi
- qaymoqli pishloq esa hajmi va turiga qarab 15 990dan 72 390 so’mgacha turadi
Arba.uz internet do’konida esa pishloqni quyidagi narxlarda sotib olishingiz mumkin:
- qattiq pishloq hajmi va turiga qarab 7 900 dan 36 690 so’mgacha turadi
- yumshoq pishloq esa hajmiga qarab 9 290 dan 35 590 so’mgacha turadi
*Korzinka.uz tarmog’idagi supermarket xodimlariga tasvirga tushirish jarayonida ko’maklashganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz!
*Mahsulot narxlari manba chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.