Navro’zni nishonlaymiz: sumalakni qanday qilib go’zal sovg’aga aylantirish mumkin
Oldinda yurtimizning eng sevimli bayramlaridan biri – Navro’z kutib turibdi. Sizga sovg’a uchun sumalakni qanday chiroyli bezashni aytamiz: bu sodda, zamonaviy va juda yoqimli bo’lib chiqadi!
Navro’z bayram dasturxonini sumalaksiz tasavvur qilish qiyin va bu shunchaki urf-odatlarga hurmat emas. Sumalakni bemalol bayramning ruhi deb atash mumkin; bu taom iliqlik va muhabbat, g’amxo’rlik va eng yaxshi tilaklarga ega. Xo’sh, nima uchun iliqlikni yaqinlaringiz, oilangiz va do’stlaringiz bilan baham ko’rmaysiz? Agar bankani chiroyli bezatsangiz, asl va zamonaviy sovg’aga ega bo’lasiz.
Sumalak – bu bug’doy urug’idan tayyorlangan bayramona taom. Uzluksiz aralashtirib, butun kun davomida ulkan qozonda qaynatiladi. Bug’doy kuyib ketmasligi uchun, qozon ostiga toza yuvilgan toshlar solinadi. Afsonaga ko’ra, agar sizga sumalakdan tosh chiqsa, u holda sizning istaklaringiz amalga oshadi!
Sumalakdan qanday qilib sovg’a tayyorlash mumkin? Sizga kerak bo’ladi:
- chiroyli idishlar
- mato – milliy matolar bayram mavzusiga mos keladi
- chiroyli arqon
- kraft qog’ozi
- ilhom!
Yaqinlaringizga sovg’a yaratish umuman qiyin emas – o’z tasavvuringizni namoyish eting va bizning g’oyalarimizdan ilhom oling, atrofga nazar soling: ehtimol eng sodda va eng tanish narsalar sizning sovg’angizni bezashga yordam beradi. Va eng muhimi – sovg’angizga ozgina muhabbatingizni qo’shing, shunda siz albatta muvaffaqiyat qozonasiz.
Bayramingiz bilan!
ISHONCH do’konlar tarmog’i sizni uy-ro’zg’or buyumlarining katta tanlovi bilan quvontiradi.
Instagram-dagi rasmiy sahifa: @ishonchsavdouz
Rasmiy Telegram sahifasi: ISHONCH mijozlari
Rasmiy Facebook sahifasi: @ishonchsavdouz
reklama huquqi asosida